|
- Mavzu.Marketingda komunikatsion siyosati
|
bet | 183/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin18- Mavzu.Marketingda komunikatsion siyosati
1.Kommunikatsion siyosat tushunchasi.Jamoatchilik bilan alokalar(pablik rileyshnz) va uning moxiyati.
2.Marketingda reklama tushunchasi va reklama vositalari.
3. Reklama turlari: xorijiy,umummilliy, regional, maxalliy reklamalar.
4. Marketingda sotuvni ragbatlantirish.Ragbatlantirish usullari:kuponlardan foydalanish, pasaytirilgan narx bilan sotish,mukofatlar berish.
Marketingning nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilish tijorat xavf-xatarini o‘z vaqtida his qilish va kamaytirish, uning har xil muqobil turlarining eng maqbulini tanlash, raqobat sharoitida bozorni yuqori sifatli tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, doimiy talab mavjud bo‘lgan sharoitda xaridorlarning turli guruhlari uchun sotish, narxini aniqlash va oqibatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Respublikamiz iqtisodiyotida marketingni yuqori saviyada tashkil etilishi, amalga oshirilishi, ularning ko‘lami, tahliliy va qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig‘indisi, bevosita korxona va tashkilotning marketing strategiyasini belgilashda, amalga oshirishda, dastlabki bosqichdir. Mamlakatimiz bozorlarining tobora yangi tovarlar va xizmatlar bilan boyib borayotgan bugungi sharoitida yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan oqilona foydalanishda marketingning ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
Shu kunlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotni rivojlanishini alohida rolini ta’kidlash zarur. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida 2005 yilning yakunlari haqida gapirar ekan, shuni mamnuniyat bilan ta’kidladiki, “barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha prognoz hajmi va ko‘rsatkichlariga erishildi, aksariyat ko‘rsatkichlarning esa sezilarli darajada oshirib bajarilishi ta’minlandi. Respublikamizning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori darajada rivojlanganligini yana bir bor ko‘rsatib o‘tdi. 2005 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 7 foizni, inflyatsiya darajasi esa 7,8 foizni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 17,7 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish esa 6,2 foizga o‘sgani quvonchli hol, albatta. Yalpi ichki mahsulotning barqaror sur’atda o‘sib borayotgani, so‘nggi ikki yilda bu ko‘rsatkichning 7 foizdan ortayotgani ayniqsa diqqatga sazovor. Iqtisodiyotning o‘sish ko‘rsatkichi 2000 yilga nisbatan 30,1 foizni, 1991 yilga taqqoslaganda esa 28,2 foizni tashkil etmoqda”19 – deb alohida ta’kidlab o‘tdilar.
«Marketing» fani biznes va marketing sohalari yo‘nalishidagi talabalarni tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. «Marketing» yo‘nalishi oliy ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda marketingni o‘rganish bo‘yicha zarur va etarli bo‘lgan barcha asosiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Fanining maqsadi–talabalarga mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitlarida korxonalarda marketing faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va uni boshqarish, marketing faoliyatini takomillashtirishdan iboratdir.
Fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
marketingning mohiyati, marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari;
marketingning asosiy tamoyillari, vazifalari va turlari, marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash, marketingning tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish;
strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati, bozor kon’yunkturasini o‘rganish va bashorat qilish;
tovar, narx, sotish, reklama, kommunikatsiya siyosati kabilarni o‘rgatishdir.
Fanini o‘rganish natijalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
xo‘jalik sub’ektlarining marketingdan foydalanish natijasida samaradorlikni oshirish;
korxona faoliyatida marketing faoliyatini tashkil qilish va boshqarish tizimida qo‘llash usullarini o‘zlashtirish.
Fan bo‘yicha umumiy soatlar hajmi 178 soat bo‘lib, shundan, 110 soat auditoriya mashg‘ulotlari va 68 soat mustaqil ta’limga mo‘ljallangan.
|
| |