|
Kommunikatsion siyosat tushunchasi.Jamoatchilik bilan alokalar(pablik rileyshnz) va uning moxiyati
|
bet | 184/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin1.Kommunikatsion siyosat tushunchasi.Jamoatchilik bilan alokalar(pablik rileyshnz) va uning moxiyati.
Reklamadan yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishda ham foydalaniladi. Savdo kon’yunkturasini yangi mahsulotlar bilan ta’minlash hali muhim bo‘lmagan, sotuv, zahira, iste’mol haqidagi ma’lumotlar etarli bo‘lmagan paytda bu ham muhimdir. Bu paytda mutaxassislar yo‘nalishini tanlash uchun reklama orqali yangi taklif tuzadilar. Unda mahsulotlarning tavsiya etiladigan xususiyatlari va ishlab chiqarishning kelajagi, hamda aholi talabini ko‘ra bilish, sinovga chiqarilgan mahsulotga xaridorning munosabatini kuzatish haqidagi ma’lumotlar o‘rin oladi. Reklamaning yo‘nalishini tanlash – savdo va sanoatning o‘zaro harakati va mahsulot aylanishiga mahalliy manbalardan olingan mahsulot zahiralarining qatnashishiga ham bog‘liq. Reklama faoliyati marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning bevosita yoki bilvosita yordamida korxonaning bozordagi o‘rni mustahkamlanadi va taklif etayotgan mahsulotlarni sotish jadallashadi. Reklamadan shu bilan bir qatorda quyidagilarda ham foydalaniladi:
savdoning bevosita harakati (sotuvga yordam) – xizmat turi yoki mahsulot sotilishining qisqa muddatda erishilgan sur’atda ushlab turishga qaratilgan harakatlar. Masalan, mahsulotga bepul bonlar, namunalar, mukofotlar, sovg‘alar, bahoni pasaytirish, imtiyozlar, bepul xizmat qilish, pasaytirilgan narxda sotish;
agentlar yordamida individual sotish, dillerlar, kommivoyajerlar, bevosita o‘zlari mahsulotning xususiyati va qo‘llanilishini tushuntirishi;
«pablik rileyshnz» - aloqalar o‘rnatish, ya’ni firma obro‘ini oshirish maqsadida mahsulot yoki xizmatini ommaviy axborot vositalarida reklama qilish;
«pablisiti» - mutaxassislar va ulgurji xaridorlarga atalgan xo‘jalik targ‘iboti. «Pablisiti»ning maqsadi xuddi «pablik rileyshnz»niki kabi xizmat turi va mahsulotni sotishni ko‘paytirish emas, balki korxonaning markasini tashviqot qilishdir;
reklama mavsumlari, yarmarkalar, ko‘rgazma savdolar va mahsulotni realizatsiya qilishning boshqa jadal turlari.
Reklama ma’lumotlari yangiligi, kutilmaganligi, hissiy ta’siri bilan ajralib turishi kerak. Bundan tashqari mahsulotning xaridor e’tibor bermagan xususiyatlarini ko‘rsata olishi kerak. Ayniqsa, mahsulotning bozorga kirib kelishi va ularni uzaytirish bosqichida reklama juda zarur. Reklama uchun zarur shartlaridan biri, uning makonining aniqligi, ya’ni bozorning ma’lum segmentiga yo‘nalganligi, har xil xaridorlar uchun esda saqlanib qolinishidir. Reklama xaridorni bozorda ma’lum harakatga chaqiradi, xizmat va mahsulotning xarid qilinish sharoitida ularning sifati va maqsadi haqida hikoya qiladi. Reklama bir xil xabarning har xil axborot turlari va har xil badiiy shakllarda qayta-qayta takrorlanishi orqali hamma uchun shu mahsulotni sotib olishga nima undaganligini tushuntirib beradi. Reklama ta’siri asosida, yuqorida aytilganidek ikki element yotadi-axborot berish va ishontirish. Ishontirish «ko‘ndirish» elementi reklamaning sababiy vazifasini aks ettirsa, axborot berish-bilib olishni aks ettiradi. Ular bir vaqtning o‘zida ta’sir etar ekan, reklamaning yutug‘ini ta’minlaydi. To‘g‘ri, reklama xaridorga har xil ta’sir etadi. Ba’zi holda odam darrov sotib olsa, boshqa bir odam aksincha, mahsulot haqida etarlicha ma’lumot to‘plagach xarid qilishga tayyor bo‘ladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda reklama faoliyati butun bir sanoatdir. Reklama faoliyati bilan maxsus reklama agentliklari shug‘ullanadi. Ular korxona va tashkilotlar buyurtmasi bo‘yicha reklama sohasida ishlashadi, uning samaradorligini oshirishadi, ma’lum reklama buyurtmalarini bajarishadi. Reklamaga qilingan xarajatlar mahsulot chakana narxining teng yarmiga yaqinini tashkil qiladi.
Bugun buning uchun hamma sharoitlar bor: mahsulot ishlab chiqarish ko‘paymoqda, bozor munosabatlari rivojlanmoqda, ishlab chiqarish va bozor strukturasidan monopolizm chetlashyapti, kooperativlar, qo‘shma korxonalar paydo bo‘ldi va rivojlanmoqda, bu esa raqobat degani. Yangi reklama agentliklari paydo bo‘lyapti. Ular sanoat, savdo, maishiy xizmat va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Har bir reklama tadbiri o‘zining samaradorligini isbotlagan sharoitdagina qabul qilinishi kerak. Masalan, reklama materiallarini pochta orqali yuborganda yoki matbuotda e’lon qilinganda reklama qilinayotgan mahsulot qisqa muddatlarda sotilishi kerak. Reklamaning samaradorligini aniqlash, reklamagacha va undan keyin bo‘lgan sotuvning holatini taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Uzoq muddatli reklama tadbirlari (reklama mavsumlari) boshqacha. Ularning samaradorligi darrov bilinmaydi. Natija esa sotishning ham miqdor, ham muddati bilan talab o‘zaro bog‘liqdir, chunki reklama – bu talabga ta’sir degani.
|
| |