|
Narx raqobati va narxsiz raqobatni qanday tushunasiz?
|
bet | 18/18 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 51,5 Kb. | | #151499 |
Bog'liq Меnejment. Marketing-fayllar.org3.Narx raqobati va narxsiz raqobatni qanday tushunasiz?
Narx bilan raqobat o’tmishda erkin bozor raqobati bo’lgan, bozorda bir xil tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo’lgandi. Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o’z tovarini ajratib ko’rsatishga, unga e’tibomi qaratishga va pirovard natijada o’zi istagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirish! Bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu esa firmaning bozordagi mavqeini o’zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlami yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalaming kamayishiga olib keladi. Natijada qo’tilgan zafar va raqiblami surib chiqarish o’rniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. Shu sababli sanoat monopoliyalari narxlami iloji boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko’paytirishga intiladi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bog’liq bo’lmagan usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobatda tovaming narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste’mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqaigan firma shuxrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
4. Narx qayishqoqligini qanday tushunasiz va narxga qanday ta'sir ko’rsatadi?
Narx ravonligi iste’molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori nuqtai nazaridan narx o’zgarishlariga o’ta sezuvchanligini belgilaydi. Amalda Tovar ravonligini uch ko’rinishi , ya’ni ravon talab, noravon talab hamda yakka talabga bo’lishi mumkin.
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga o’ta sezuvchan bo’ladi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga yetarli darajada sezgirlik ko’rsatmaydi.
Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko’p bo’lgan ularning bir mahsulot o’rnini ikkinchising mahsuloti bosa oladigan joylarda ko’zga tashlanadi. Ko’pgina qishloq xo’jaliklarda mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. Shunday qilib narxlardagi o’zgarishlar talab va taklifga muvofiq ko’tarilib pasayib turadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar xohishi bilan narx belgilanmaydi.
5.Narx shakllanishiga qanday omillar ta'sir ko’rsatadi?
Bozorda narx uchta guruh omili natijasida shakllanadi:
1.Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar,bozorga kirish,xaridorlar daromadlari,xaridorni talablari,talabga yo’naltirilgan narx)
2.Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari,marketing xarajatlari,foyda).
3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari,raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish).
6. Narx belgilash uslublari (bo’sh katakchalarni to’ldiring)
http://fayllar.org
|
| |