• 2. Marketingda narxning shakllanishiga qanday yondashuvlar mavjud
  • -Mavzu. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI




    Download 51,5 Kb.
    bet17/18
    Sana05.02.2024
    Hajmi51,5 Kb.
    #151499
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    Меnejment. Marketing-fayllar.org

    6-Mavzu. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI
    1.Narxni shakllantirishdan maqsad nima?
    Narx bozor kategoriyasi bo’lib,tovarlar ayirboshlaganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda Tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko’rsatib turadi. Narx pasayib ketsa, Tovar bozori kasodga yo’liqqan bo’ladi, Tovar nafsiz bo’lib,uni boshqa Tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo’yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko’rsatib beradi.
    Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko’paytirish,qisqa vaqt ichida eng ko’p foyda olish,yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.
    Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo’yicha narx darajasini aniq hisoblash ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga,tovarning yashash davriga,talab va taklifning potensial miqdoriga bog’liq bo’ladi. Marketingda Tovar siyosati ijtimoiy Tovar ishlab chiqarishning,taqsimlashning,almashinuv va iste’molchining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi.

    2. Marketingda narxning shakllanishiga qanday yondashuvlar mavjud?

    Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki,uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni,talabning narx ravonligi, bozor segmentatsiysi bilan izohlash mumkin. Talab qonunini iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qwaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi.Ammo har qanday Tovar ham”narx miqdor” aloqadorligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq Tovar oboroti hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bo’lar qimmatbaho avtomobillar,kemalar,zeb- ziynat buyumlari va boshqalar.


    Ikki narx segmenti yaqqol ko’zga tashlanadi: “ narx” xaridori va “sifat” xaridori bor. Ko’pincha xaridorlar sifatiga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul sarflaydilar.Yuqoriroq narxlar go’yo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan mahsulotlar xaridida ko’p kuzatiladi.





    Download 51,5 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 51,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI

    Download 51,5 Kb.