|
Segmentning miqdoriy o’lchamlari
|
bet | 14/18 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 51,5 Kb. | | #151499 |
Bog'liq Меnejment. Marketing-fayllar.org1.Segmentning miqdoriy o’lchamlari. Segment miqdorining o’lchami deganda bozor sig’imi qancha potensial iste’molchilar borligi va ular qanday maydonlarda yashashlari tushuniladi. Bular asosida korxona qanday ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishlari va sotish tarmog’ining hajmini belgilab oladilar.
2. Segmentning muhimligi. Segmentning muhimligi deganda u yoki bu iste’molchilar guruhining bozor segmentida qanday o’rin egallab turganligi tushuniladi. Korxona ana shu segmentning o’rniga qarab faoliyatini tashkil etish.
3.Segmentnin faolligi . Segmentning foydaliligi deganda korxonaning ma’lum bir segmentda ishlashi uning qanday rentabillik darajasini ta’minlashi tushuniladi. Korxona u yoki bu bozor segmentning foydaliligi baholashda foyda me’yori, quylgan kapital hajmida daromadning hissasi, aktsiya dividentlarining miqdori va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanadi.
4. Segmentning samaradorligi. Segmentning samaradorligi korxonaning mazkur tanlangan bozor segmentida ishlash tajribasi, mazkur segmentda ishlovchi xodimlarning mahsuloti siljitishga qanchalik tayyor ekanligi abi ko’rsatkichlar bilan baholanadi.Umuman olganda, bozorni segmentlash korxonaning muayyan bozorda samarali faoliyat ko’rsatishining muhim omillaridan biri hisoblanadi.
5. Iste’molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Iste’molchilarni o’rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini to’laroq qondirish maqsadida talabini aniqlashdan iboratdir.
4. Bozorda iste'molchilarning xulq-atvoriga qanday omillar ta'sir ko’rsatadi?
Shaxsiy omillar. Iste’molchilarning bozordagi xulq-atvori shaxsiy tartibdagi omillar asosida ham shakllanadi. Shaxsiy omillarga xaridorning yoshi, oilaviy hayot tarzi, nima ish bilan shug’ullanishi, iqtisodiy ahvoli (oila daromadi yoki bir oila a’zosiga to’g’ri keladigan daromad miqdori), hayot tarzi, shaxs turi kabi sifatlari kiradi.
Ijtimoiy omillar. Ijtimoiy omillarga kichik guruhlar, nazorat guruhlari, oila va yakka shaxsning jamiyatdagi o’rni kiradi. Iste’molchilarning ahloqi va hulq – atvoriga oilaning ta’siri kuchli va turg’un hisoblanadi. Oila yakka shaxsda eng kichik yoshdan boshlab uning dunyoqarashining shakllanishida muhim rol uynaydi. Yakka shaxs ota-onalar va boshqa oila shuhratparastlik, muhabbat va boshsqa xislatlar to’g’risida atroflicha ma’lumotlarni nioladi. Ming afsuski, keyingi paytlarda ota-onalar va katta yoshdagi oila a’zolarining nihoyatda ish bilan band olmayotirlar. Bu esa bolalarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishni oila tashqarisidan izlanishni keltirib chiqarmoqda.
|
| |