VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI 
 
“STRATEGIK MENEJMENT” FANIDAN TALABALAR TOMONIDAN 
BAJARILADIGAN MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISH, NAZORAT QILISH 
VA BAXOLASH TARTIBI 
 
Strategik menejment fanidan mustaqil ishning maqsadi va vazifalari 
 
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yangi 
tashkiliy strukturalarni qurish va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq ijtimoiy- 
iqtisodiy o’zgarishlar iqtisodiyot tarmoqlari uchun mutaxassislarni shakllantirishning 
eng muhim mexanizmi bo’lgan iqtisodiy ta’limni isloh qilish va modernizatsiyalashni 
taqozo qilmoqda. 
Ta’lim bosqichlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta’lim 
oluvchining shaxsini xurmat qilish, xar bir shaxsning erkin fikr bildirishiga imkoniyat 
yaratish, ijod bilan shug’ullanishi va o’z-o’zini rivojlantirishga qulay ijtimoiy va 
psixologik muxit yaratish orqali tinglovchini mustaqil fikrlashga undaydi. O’zbekiston 
Reshublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 14-sessiyasida so’zlagan 
nutqlarida “Bizning oldimizda ozod fuqoro shaxsining mahnaviyatini, boshqacha 
aytganda, ozod xar tomonlama rivojlangan, o’z xuquqlarini yaxshi biladigan, kuchi va 
qobiliyatiga ishonib tayanadigan, atrofdagi xodisalarga o’zining mustaqil fikri va 


125 
munosabati mavjud, o’z manfaatlarini Vatan va xalq manfaatlari bilan 
uyg’unlashtiradigan shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi” deb ta’kidlagan edilar. 
Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o’quv tarbiya 
jarayonining axamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o’rin 
egallaydi. Taxlillar shuni ko’rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday uquv faoliyati 
tushunilib, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko’nikmalarni shakllantirish ham 
mustaqil egallanadi. 
Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan 
iborat: 
-mustaqil ishlarning ilmiyligi va uning tanqidiy xarakteri; 
-mustaqil ravishda o’z bilimlarini yanada oshirib borishga bo’lgan extiyojning 
shakllanishi; 
-mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish; 
-mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik raxbarlik qilish. 
Zamonaviy pedagogika texnologiyalarini amalga oshirish sharoitlarida talabalar 
quyidagi ko’nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur: 

Download 6,3 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish