ma’ro’za, seminar va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil faoliyat ko’nikmalari




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

ma’ro’za, seminar va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil faoliyat ko’nikmalari
asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish, o’quv 
vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plash, bilish, 
tushunish, tanqidiy baholay olish va yetkazib berish, hamda belgilar va ramzlar 
yordamida uni referat, xisobot shakliga keltira bilish; qo’yilgan talablarga muvofiq o’z 
matnini to’za olish. Bu esa talabaning Insert, Toifali sharx qurish kabi ta’lim uslub va 
vositalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishiga, ma’lumotlarni tizimlashtirish va 
tizimdan chiqarish, taxlillash va qiyoslashga, o’rganilayotgan tushunchalar (voqealar, 
hodisalar, mavzular va boshqalar) o’rtasidagi aloqalar va o’zaro aloqalarga, klaster, 
toifali jadval, kontseptual xarita, SWOT, T-jadval, Venn diagrammasi, piramida, baliq 
skeletidan foydalangan holda muammoni hal etishni rejalashtirishga 
tayyor 
ekanligidan va asoslangan ESSE va o’quv loyihasi bajarilishi to’g’risida hisobot yoza 
olishiga dalolat beradi; 
taqdimot ko’nikmalari: chiqish vaqtida, shu hisobda o’quv topshirig’ini 
bajarilishi natijalari bo’yicha, talaba o’qituvchi va boshqa talabalar bilan o’zini 
ishonchli tuta oladi va har xil vositalardan foydalanish ko’nikmasini egallaydi; 
kommunikativ 
ko’nikmalar: o’qituvchi va talabalar o’rtasida o’quv 
munosabatlarini yarata olish xususiyati, o’z nuqtai nazarini himoya qila olish va 
murosaga kelish, dialogga qo’shilish, mohiyati bo’yicha savol berish, asoslangan 
javoblarni berish, qoidaga rioya qilgan holda bahslashish, mo’zoqaralar va davra 
suhbatlarida qatnashish ko’nikmasini egallaydi; 
hamkorlikdagi ishlash ko’nikmalari: guruh bilan harakat qilishga tayyor bo’lish 
– o’quv toshirig’ini bajarish bo’yicha qo’shma faoliyatni jamoali rejalashtirish, 
umumiy masalalarni yechishda hamkorlik qilish, ishbilarmon sherikchilik va o’zaro 
aloqada bo’lish; 
muammoli holatlarni tahlil qilish ko’nikmalari, o’quv vazifasini yechish, 
g’oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabo’l qilishning nostandart usullarini 
topish, bu o’z navbatida talabaning muammoli ma’ro’za, tahlilda va o’quv holatlarini 
(Keys stadi) hal etishda faol ishtirokini ta’minlaydi. 
ma’lumotlarni qidirish, yig’ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy 
kompьyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olishning amaliy ko’nikmalari: 


126 
mustaqil ish natijalarini bezash bo’yicha o’quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar, 
referatlar, o’quv loyihalari va boshqalar). 
Mustaqil ta’limning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu 
metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to’g’ri baho berish
ushbu axborotdan o’zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. 
Qo’lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish 
amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan sifat ko’rsatkichlarini ta’minlaydi. 
Mustaqil ta’limning muhim metodlaridan biri talabalarning o’zaro muloqatidir. 
Mustaqil ta’limning pirovard maqsadi talabalarning ijodiy izlanishiga, o’z ustida 
ishlashga, xar tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir. 
Mustaqil ishning o’ziga xosligi shundaki, o’quv faoliyatining bu qismi 
talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o’qituvchilarning nazorati 
asosida tashkil etilib, o’quv rejada semestrlar bo’yicha belgilangan soatlar hajmiga 
ko’ra amalga oshiriladi. Xususan, bakalavriat bosqichi 
5230200 – Menejment (ishlab 
chiqarish) 
ta’lim yo’nalishi uchun “Strategik menejment” fani bo’yicha mustaqil 
ishlarning umumiy hajmi o’quv rejada 5 semestr uchun 52 soat, 6 semestr uchun 54 
soat miqdorida belgilangan. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ma’ro’za, seminar va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil faoliyat ko’nikmalari

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish