128
biri sifatida o’qitish, bilim berish va tarbiyalash vazifalarini bajarishda o’z
xususiyatlariga ega. Talaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib,
ilmiy adabiyotlar bilan
ishlash, statistiq va boshqa materiallarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish
ko’nikmalariga ega bo’ladi, o’rganilayotgan hodisani tanqidiy baholashga o’rganadi,
nazariyani amaliyot bilan bog’laydi va h. k.
Agar
referat
tayyorlashning
darslik
bo’yicha tayyorlangan seminar
mashg’ulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat
jihatdan yuqoriligi hisobga
olinsa, referat shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda bayon
qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak,
Strategik
menejmentni o’rganishda bu muhim ahamiyatga ega.
Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur
shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar
mazmunini
oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning
barcha bosqichlarida kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va
maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi
tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali
amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi
albatta, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Topshiriq talabalarning referat yozish
ko’nikmalarini, ilmiy qiziqishlari hamda bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi
juda muhim.