KURS ISHINI TASHKIL ETISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

KURS ISHINI TASHKIL ETISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR 
Zamonoviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni 
amaliy vazifalar bilan bog’lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish, ya’ni talabadan o’z 
ustida tinmay ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi 
hamda chuqurlashtirishi uchun mazkur fandan kurs ishini bajarish talab etiladi. 
Kurs ishida talabaning oliy o’quv yurtida tahsil olishi davomida to’plagan nazariy 
va amaliy bilimlari yo’zaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish 
darajasi, malaka va ko’nikmasi ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini yechishga qay 
darajada qo’llay olishi orqali namoyon bo’ladi. 
Kurs ishida aniq bir amaliy vazifani yechish vazifasi qo’yilishi muhimdir. 
Tadqiqot ob’ekti sifatida muayyan bir bozor ob’ekti yoki korxonalar olinishi mumkin. 
Kurs ishida bir yoki bir-biri bilan bog’langan bir nechta masalalarni nazariy va amaliy 
chuqur tahlil etilishi talabaning muammoni mustaqil anglay bilishiga va sababiy 
bog’liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratining shakllanishiga olib keladi. 
Kurs ishlari muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas’uliyatli vazifalardan 
biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga qo’yiladigan umumiy talab – 
ularning dolzarbligi, ishlab chiqarish ehtiyojlari va muammolari bilan bog’liqligidir. 
Ular hozirgi zamon talablari, O’zbekistoning tanlab olgan yo’li va davlat rahbari 


136 
tomonidan belgilab berilgan ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlari hamda iqtisodiy 
siyosatining rivojlanish tendentsiyalaridan kelib chiqishi zarur. 
Kurs ish mavzusi keng qamrovli nazariy va amaliy xususiyatga ega bo’lishi va 
ob’ekt to’g’risida eng muhim vazifalarini qamrab olishi va sababiy bog’liqlikda amaliy 
tahlil qilinishini nazarda tutishi lozim. Kurs ishi mavzusi muammoning zamonaviy 
holatini va iqtisodiyot, biznes, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va 
madaniyatning istiqbolli rivojlanishini aks ettirishi kerak. 
Kurs ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 
1. Kurs ishi mavzusini tanlash. Mavzularga qo’yiladigan umumiy talab – ularning 
dolzarbligi, ishlab chiqarish ehtiyojlari va muammolari bilan bog’liqligidir. Ular 
hozirgi zamon talablari va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalari 
istiqbollaridan kelib chiqishi zarur. 
2. Mavzuga doir bibliografiya va meyoriy, qonuniy xujjatlar, yo’riqnomalar 
yig’ish. 
3. Kurs ishining rejasini to’zish. 
4. Kurs ishiga rahbarlik qiluvchi professor-o’qituvchi bilan ishlab chiqilgan rejani 
kelishish. 
5. Kurs ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish. 
6. Kurs ishini himoyaga tayyorlash. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KURS ISHINI TASHKIL ETISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish