Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

 
Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi 
 
Yangi tarmoqqa kirish quyidagi uch shakldan birida davom etishi mumkin: 
a) «yutib yuborish»; 
b) yangi kompaniya tuzish; 
v) kushma korxona tuzish. 


78 
Mavjud korxonani «yutib yuborish» eng ommaviy usul bo’lib, yangi bozorga 
tezroq kirish ustunligiga ega. SHuningdek u texnologik qoloqlikni tugatish, 
ta’minotchilar bilan aloqalar bog’lash, yangi tarmoqda raqobatbardoshlikka erishish 
kabi tusiqlarni yengish uchun yordam beradi. Ko’ptarmoqlarda zarur axborot bazasini 
rivojlantirish, o’zini resurslar bilan ta’minlash va jiddiy raqobatchi obrusini egallash 
uchun korxonalarga bir necha yil kerak bo’ladi. 
«Noldan boshlash» diversifikatsiyasi tanlangan tarmoqda «bosh» kompaniya 
boshchiligida yangi kompaniya to’zishni ifodalaydi. Bu kuyidagi xollarda jozibali 
xisoblanadi: 
- bunda yetarli vaqt bo’lgan taqdirda; 
- yangi korxonaning bozorni egallashga bo’lgan xarakatlariga raqobatchi 
korxonalar reaktsiya bildirmaydilar. 
Bunday yul bilan bozorga chiqish boshqa kompaniyani sotib olishdan arzonga 
tushadi. 
Korxona samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yetarli tajribaga ega bo’ladi. 
Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish tarmoqdagi talab va taklif 
muvozanatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. 
Maqsadli tarmoqda nisbatan katta bo’lmagan korxonalar bo’lganligi uchun yosh 
kompaniyalarga yirik raqobatchilar bilan raqobat qilishiga to’g’ri kelmaydi. 
Qo’shma korxonalar tuzish quyidagi xollarda foydali samara berishi mumkin. 
Qo’shma korxona - bu yakka tartibda biror bir narsani qilish xavfli yoki tejamsiz 
ekanligida yaxshi usuldir. 
Qo’shma korxonalar resurslarni birlashtirish yanada kuchliroq raqobat 
ustunliklariga ega bo’lgan tarkibni yaratadigan taqdirda qulaydir. 
Xorijiy xamkorlar bilan qo’shma korxonalar ba’zida import kvotalarini, tariflarni 
milliy-siyosiy manfaatlar va madaniy tusiqlarni yengib o’tishning yagona imkoniyati 
bo’lib xisoblanadi. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish