• Qayta tarkiblashtirish strategiyasi
  • Qisqartirish va tugatish strategiyasi




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/158
    Sana10.02.2024
    Hajmi6,3 Mb.
    #154089
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158
    Bog'liq
    33740 Strategik boshqaruv

     
    Qisqartirish va tugatish strategiyasi 
     
    Korporatsiya faoliyatining aniq yunalishi o’z jozibasini yuqotib quysa, bunday 
    axvoldan omadli chiqish yuli biznesni sotish xisoblanadi. Mahsulotni sotish vaqtini va 
    zaruratini aniqlashning muxim tamoyili «Agar biz mazkur faoliyat bilan 
    shugullanmaganimizda, xozir shu sohada ish boshlarmidik?» degan savolga javob 
    berish xisoblanadi. Agar javob salbiy bo’lsa, bunday korxonani sotish imkoniyatlarini 
    xisoblab chiqish zarur. 
    Bunday korxonadan kutilishning ikkita yuli bor: 
    1. «Bosh» kompaniya aktsiyalarini bir qismini saqlab qolgan xolda yoki ulardan 
    butunlay qutilib, bunday biznesdan chiqib ketishi mumkin. 
    2. Korporatsiya mahsulotni bevosita tashqariga sotishi mumkin, lekin bu xolda 
    xaridor topish kerak bo’ladi. Odatda sotishda «Mazkur biznesni biz kimga sotishimiz 
    va buning uchun biz qancha olishimiz mumkin?» degan no’qtai nazardan qaramaslik 
    kerak. Aksincha, «Kim uchun bu korxona muvaffakiyatli xarid bo’lishi va qanday 
    vaziyatda ular uchun ma’qul bo’lishi mumkin?» deb so’ralsa oqilona ish bo’ladi. Qaysi 
    tashkilot uchun bunday korxonani sotib olish shubxasiz foydali bo’lsa, shu tashkilot 
    eng yuqori bahoda sotib olishi mumkin. 
    Barcha mavjud strategik muqobil variantlar ichida tugatish ayniqsa yagona 
    biznes bilan shug’ullanuvchi korxonalar uchun eng noxush va ayanchli xisoblanadi. 
    CHunki ular uchun bunday vaziyat tirikchilik o’tkazishni butunlay to’xtatishni 
    bildiradi. SHunga qaramay ilojsiz qolgan sharoitda erta tugatish, bankrot bo’lishga 
    qaraganda aktsiyadorlar manfaatiga mos keladi. 
    Qayta tarkiblashtirish strategiyasi 
     
    Portfelni tiklash tejamkorlik va qayta tarkiblash strategiyasi xaridorlari 
    qashshoklashayotgan korxonalarda vaziyatni o’zgartirish talab etilgan taqdirda 
    qullaniladi. 
    Tiklashning korporativ strategiyasi zararga ishlayotgan korxonalardan qutulishga 
    emas, ularni qayta tiklashga urg’u beradi. Bunday strategiyaning maqsadi 
    xaridorlarning umumiy sonini kamayishiga «katta xissa» qo’shayotgan korxonalarning 
    muammolarini xal etish yo’li bilan korporatsiyani sog’lomlashtirishdan iborat. 
    Tejamkorlikning korporativ strategiyasi diversifikatsiyalash miqyoslarini 
    qiskartirish va korxonalar sonini kamaytirishga o’z etiborini qaratadi. 
    Portfelni qayta tarkiblash strategiyasi tarkibni va korporatsiyaning ishbop 
    portfelida foiz nisbatlarini tubdan qayta ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi. Qayta 
    tarkiblashga bo’lgan extiyoj quyidagi vaziyatlarda paydo bo’lishi mumkin: 
    1. Korporatsiyani strategik tahlil qilish portfelda sekin rivojlanayotgan, zarar 
    bilan ishlayotgan va zaif korxonalarning katta xajmda mavjudligi natijasida 


    81 
    kompaniyaning o’zoq muddatdagi istiqbollari o’z jozibasini yo’qotib quyganligi 
    to’grisida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 
    2. Bir yoki bir nechta kalit yunalishlar qiyin paytlarni boshdan kechirayotgan 
    paytlarida. 
    3. Kompaniyaning yangi raxbariyati korporatsiyaning strategik siyosatini qayta 
    ko’rib chiqish xaqida qaror qabul qiladi. 
    4. Yangi texnologiyalar va mahsulotlar paydo bo’ladi. 
    5. Korxonada shunday katta korxonani sotib olish imkoniyati paydo bo’ladiki, 
    bunday loyixani moliyalash uchun kichik korxonalarni sotish zarur bo’ladi. 
    6. Portfeldagi ko’pgina yunalishlar borgan sari jozibasizroq bo’lib boradi va 
    ularni jiddiy ravishda qayta ko’rib chiqish talab etiladi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish