• Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash Korporativ strategiyani ishlab chiqish 8.6.Bozorga kirish va chiqish strategiyasi
  • Mak Kinsey matritsasi, strategik muvofiqlik, o’sish / o’lush matritsasi, tarmoqning jozibaliligi / raqobatdagi ahvoli» matritsasi, tarmoqning xayotiy tsikli matritsasi
  • -MAVZU. DIVERSIFIKATSIYALANGAN




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/158
    Sana10.02.2024
    Hajmi6,3 Mb.
    #154089
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158
    Bog'liq
    33740 Strategik boshqaruv

    8-MAVZU. DIVERSIFIKATSIYALANGAN 
    KOMPANIYALARNING STRATEGIK TAHLILI 
    Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash 
     
    Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash 
     
    O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi 
     
    Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash 
    Korporativ strategiyani ishlab chiqish 
    8.6.Bozorga kirish va chiqish strategiyasi 
     
    Tayanch iboralar: diversifikatsiyalangan kompaniya, matritsali tahlil, 
    korporativ strategiya, bozorga kirish va chiqish strategiyasi, BKG matritsasi
    Mak Kinsey matritsasi, strategik muvofiqlik, o’sish / o’lush matritsasi, 
    tarmoqning jozibaliligi / raqobatdagi ahvoli» matritsasi, tarmoqning xayotiy 
    tsikli matritsasi 
     
     
    Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash 
     
    Diversifikatsiyalangan kompaniyaning strategik tahlili tashkilotning mavjud 
    strategiyasini va uning ishbop faolligini baholashdan boshlanadi. Divertsiyalangan 
    kompaniyaning korporativ strategiyasi istiqbollari to’grisida quyidagi ma’lumotlar 
    asosida xulosa chiqarish mumkin: 
    Korxonaning diversifikatsiyalanganlik darajasi qanday? 
    Korxona portfeli boglangan yoki boglanmagan diversifikatsiyalash asosida 
    shakllantirilganmi yoki bu ikki turni uyg’unlashtirish asosidami? 
    Kompaniya operatsiyalarni asosan mamlakat ichida olib boradimi yoki ular 
    ko’pmillatli yoki global xarakterga egami? 
    Asosiy 
    xo’jalik birliklarini rivojlantirish yoki mavjud pozitsiyalarni 
    kuchaytirishga qaratilgan choralar qanday xarakterga ega? 
    Portfelni kengaytirishga va yangi tarmoqlarni egallashga doir qadamlar 
    quyilmoqdami? 
    Zararga ishlayotgan yoki jozibasiz xo’jalik birliklaridan qutulish uchun 
    xarakatlar qilinmoqdami? 
    Korporativ boshqaruv strategik o’zaro bog’liklardan manfaat olishga qaratilgan 
    qanday xarakatlarni amalga oshirmoqda va raqobat ustunligini vujudga keltirish uchun 
    diversifikatsiyalashdan qanday foydalanilmoqda? 
    Xar bir xo’jalik birliklariga qo’yilgan kapital mablag’lar qanday nisbatga ega? 
    Joriy korporativ strategiyani belgilash uni ob’ektiv tahlil qilish va keyinchalik 
    unga aniqliklar kiritish, xamda raxbariyat fikriga makbul bo’lgan o’zgartirishlar 
    kiritish uchun asos yaratadi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish