84
muvaffakiyatli raqobat qila oladilarmi degan savolni quyadi. «So’rov belgilari» yoki
«murakkab bolalar» ning qismati shunday.
Yuldo’zlar. Tez usayotgan tarmoqlardagi yuqori nisbiy bozor ulushiga ega
bo’lgan kompaniyalar jadvalida yuldo’zlar deb nomlangan. CHunki ular eng ko’p
foyda olish va o’sish istiqboliga ega bo’ladilar.
Sog’in sigirlar. Sekin o’sayotgan tarmoqlarda yuqori nisbiy bozor ulushiga ega
bo’lgan kompaniyalar BKG jadvalida sog’in sigirlar deb atalgan.
Itlar. Sekin usayotgan tarmoqlardagi past nisbiy bozor ulushiga ega bo’lgan
kompaniyalar. Bularning o’sish istiqbollari zaif bo’lib, bozorda qolok pozitsiyalarni
egallaydilar. Tajriba egri chizigida ilg’orlardan keyinda
turishlari ular oladigan
foydaning xajmini cheklaydi.
«O’sish- o’lush» matritsasining asosiy ustunligi shundan iboratki, u naqd
pullarning xarakati va xar bir biznesning investitsion ta’siridagi diqqatini qaratadi.
Korporatsiyaning moliyaviy resurslarini xo’jalik birliklari o’rtasidagi
qanday qilib
oqilona taqsimlash mumkin degan savolga javob beradi.
«Jozibalik - pozitsiya» matritsasida xar bir xo’jalik birligining axvoli tarmoqning
o’zoq muddatli jozibaligini kuchini qismining raqobatdagi pozitsiyasini son jixatdan
baholash asosida aniqlanadi. Tarmoqning jozibaligi - raqobatdagi pozitsiya matritsasi
«o’sish- o’lush» matritsasiga qaraganda ancha kuchli kontseptual asosga egadir.
Xayotiy tsikl matritsasi diversifikatsiyalangan kompaniyaning turli xo’jalik
birliklarini tarmoqning xayotiy tsikli bosqichlari bo’yicha taqsimlanishini ko’rsatadi.
Ushbu matritsa «Menejment asoslari» kursida batafsil ko’rib chiqilgan. Undan
foydalanishdan asosiy maqsad menejerga korxona portfelidagi o’rta
korxonalar
o’rtasidagi moliyaviy oqimlarga bo’lgan talablarni aniqlashda yordam berishdir. BKG
yondashuv uchta asosiy bosqichdan iborat:
- korxona faoliyat sohasini o’rta korxonalarga bo’lish va ularning o’zoq muddatli
istiqbollarini baholash;
- o’rta korxonalarlarni matritsa yordamida o’zaro taqqoslash;
-xar bir o’rta korxonalarga nisbatan strategik maqsadlarni ishlab chiqish.
BKGning asosiy tavsiyalari:
1. «Sog’in sigirlar»dan tushgan daromadlarning ortiqcha qismi tanlangan
«yovvoyi mushuklar»ni rivojlantirish va rivojlanayotgan «yulduz»larni tarbiyalashga
sarflanishi kerak. O’zoq muddatli maqsadlar «yulduzlar»ning
pozitsiyalarini
mustahkamlash va «yovvoyi mushuklarni» «yulduzlar»ga aylantirishdan iborat bo’lib,
bu kompaniya portfelining jalb qiluvchanligini yanada kuchaytiradi.
2. O’zoq muddatli istiqbollari zaif yoki mavxum bo’lgan «yovvoyi mushuklar»ni
shunday yechintirish kerakki, kompaniyadagi moliyaviy resurslarga bo’lgan talabning
kamayishiga erishish lozim.
3. Tarmoqdagi o’rta korxonalar «kuchuk»larga aylanib qolganda kompaniya
«xosilni yig’ib olish», «echintirish» yoki tugatish yordamida sohani tark etishi kerak.
4. Agar kompaniyaga «sog’in sigirlar», «yulduzlar» yoki «yovvoyi mushuklar»
yetishmayotgan bo’lsa, u xolda portfelni muvozanatlash uchun yon bosib,
«echintirish» kerak bo’ladi. Portfelda kompaniyaning sog’lom o’sishini ta’minlash
uchun yetarli miqdorda «yuldo’zlar» va «yovvoyi mushuklar» bo’lishi
xamda ularni
investitsiyalar bilan ta’minlash uchun «sog’in sigirlar» mavjud bo’lishi kerak.
BKG matritsasining asosiy afzalligi turli o’rta korxonalar uchun moliyaviy
mablag’larni oqimlariga qaratilishi va ushbu oqimlardan korporatsiya portfelini
optimallashtirish uchun foydalanilishidir. Ammo BKG
matritsasida bir qator
85
kamchiliklar ham bor. Bu ikki o’lchamli soddalashtirilgan model bo’lib, bir qator
muxim omillarni xisobga olmaydi. Bozorning kichik qismini egallagan biznes ham
juda katta daromad keltirishi va kuchli raqobatli pozitsiyani egallashi mumkin. Xuddi
shuningdek, o’rta korxonalarning jalb qiluvchanligini belgilovchi yagona omil emas.