75
Diversifikatsiyalashning ikkita asosiy turi - bog’liq va bog’liq bo’lmagan turlari
mavjud. Bog’liq diversifikatsiyalash kompaniya faoliyatidagi
biznesning mavjud
sohalari (masalan, ishlab chiqarish, marketing, moddiy ta’minot yoki texnologiya)
bilan bog’liq bo’lgan yangi sohadir.
Bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalash
- faoliyatning, biznesning mavjud
sohalari bilan ochiqdan-ochiq aloqasi bo’lmagan yangi sohasidir.
Diversifikatsiyalash quyidagi yullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- ichki kapitallar bozori orqali;
- qayta tarkiblashtirish orqali;
- funktsiyalar yoki resurslarni taqsimlash orqali.
Ichki kapitallar bozori yordamidagi diversifikatsiyalash fond bozori qaysi
funktsiyalarni bajarsa, ayni shu funktsiyalarni bajaradi.
Ichki kapitallar bozorida
korporatsiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- korporatsiya xo’jalikning o’rta bug’ini tarkibidagi strategik rejalashtirish
funktsiyalarini bajarish;
- moliyaviy maqsadlarni belgilab olish va xo’jalikning o’rta bugini faoliyatini
kuzatib borish;
-
korporativ
kapitallarni
raqobatlashuvchi
o’rta korxonalar o’rtasida
joylashtirish.
Bunday sharoitlarda o’rta korxonalar asosiy idoraning faqat moliyaviy nazorati
ostida bo’lgan mustaqil daromad markazlari vazifasini bajaradi.
Qayta tarkiblashtirish strategiyasi ichki kapitallar bozori strategiyasi turlaridan
biridir. Ular o’rtasidagi farq korporatsiyaning o’rta korxonalar
faoliyatiga aralashuv
darajasidadir.
Kompaniya faoliyatini diversifikatsiyalashda bunday kompaniyani boshqarish
qiymatini ham hisobga olish talab qilinadi. Ushbu xarajatlar o’rta korxonalar soni va
ular o’rtasidagi koordinatsiya zarurati bilan aniqlanadi. Masalan, ma’lum bir sinergizm
mavjud bo’lgan 12 ta o’rta korxonadan iborat kompaniyadagi
boshqarish xarajatlari
sinergizm bo’lmagan 10 ta o’rta korxonadan iborat kompaniyadagiga qaraganda
ko’proq bo’ladi (10-rasmga qarang). Koordinatsiyaga ehtiyoji kuchli bo’lgan
kompaniya o’z mavqeini o’rta korxona sinergizmi orqali kuchaytirishga intilmoqda,
deb faraz qilaylik. Koordinatsiyaga bo’lgan ehtiyoji unchalik kuchli bo’lmagan
kompaniya esa ichki kapital bozori yoki qayta strukturalash strategiyasiga rioya qiladi.
Xarajatlar