71
5.
«Ega bo’lish (yoki orttirish) xisobiga o’sish» strategiyasi.
6.
Obruga mos strategiya.
Muvaffakiyatli ishbop strategiya ishlab chiqish uchun tavsiyalar
Raqobat mavqei yomonlashayotgan korxona o’z
siyosatini turtta asosiy
strategik imkoniyatlardan kelib chikib kuradi. Korxonada moliya mablaglari mavjud
bo’lsa, u kuyidagi strategiyani amalga oshirishi mumkin.
Aylanma xujum strategiyasi.
Ximoya va mustaxkamlash strategiyasi.
Tezlik bilan chekinish strategiyasi.
«Xosil yig’ish» strategiyasi.
Bunday korxonalar jozibasiz tarmoqlarda «xosil yig’ish»
dan pul
mablag’larini daromadli sohalarga yunaltiradilar.
Muvaffaqiyatli
ishbop
strategiya
ishlab
chiqish
uchun
tavsiyalar
quyidagilardan iborat:
1) Strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirishda korxonaning raqobat
mavqeini o’zoq muddatga kuchaytirish imkonini beradigan xarakatlarga aloxida etibor
bering.
2)
SHuni bilingki, izchillik bilan aniq ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan
raqobat strategiyasi korxonaga obro’ keltiradi va uning
tarmoqdagi mavqeini tan
oldiradi. Bir laxzalik bozor imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan o’zgaruvchan
strategiya esa yo’zaki natijalar beradi.
3) Pastroq xarajatlar va kengroq tabaqalashtirish o’rtasidagi murosasozlikka
asoslangan, «yo’lning yarmisida to’xtab qolgan» strategiyalardan o’zoqroq bo’ling.
4)
Mablag’larni mustaxkam bozor ustunliklari yaratishga sarflang.
5)
Raqobat ustunliklari yaratish uchun agressiv
xujum taktikasini va ularni
ximoya qilish uchun qat’iy ximoya taktikasini qo’llang.
6)
Eng qulay sharoitlardagina muvoffaqiyat keltirishi mumkin bo’lgan
strategiyalardan qoching.
7)
Korxonaga
manevr
imkoniyatlari
qoldirmaydigan
qattiq
strategiya
qo’llayotganda extiyot bo’ling, chunki tez o’zgaruvchan bozor sharoiti barcha
xarakatlaringizni yo’qqa chiqarishi mumkin.
8)
Raqiblar xarakatiga yetarli baho bermaslikka yo’l qo’ymang.
9)
Salobatli raqobat ustunligi va yetarli moliyaviy ta’minot bo’lmasa
kuchli
raqiblarga xujum qilmang.
10)
Kuchli raqibdan ko’ra kuchsiz raqibga xujum qilish foydaliroq ekanligini
biling.
11)
Xarajatlar bo’yicha yetarli ustunlikka ega bo’lmay
turib baholarni
pasaytirmang.
12)
Raqiblarning bozordagi o’rnini bisib olishga qaratilgan agressiv siyosat
ularni urush ochishga va «marketingcha» qurollanish
poygasini boshlashga turtki
bo’lishi mumkin.
13)
Tabaqalashtirish strategiyasini amalga oshirishda sifat, tovarlardan
foydalanish va xizmat ko’rsatishda muximroq tafovutlar topishga xarakat qiling.