Etuklik bosqichida bo’lgantarmoqlarda raqobat strategiyasi




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

 Etuklik bosqichida bo’lgantarmoqlarda raqobat strategiyasi 
 
Yangi tarmoqlarning tez sur’atlar bilan o’sishi o’zoq davom etmaydi. Yetuklik 
bosqichiga utish davrida, tarmoqning raqobat muxitida sezilarli o’zgarishlar sodir 
bo’ladi. 
Bo’lar quyidagilar: 
1. Istemol talabining pasayishi tarmoqning bozordagi ulushini saqlab qolish 
uchun kuchli raqobatni yo’zaga keltiradi. 
2. Mijozlar injiqroq bo’lib boradilar va takroriy xaridlarida katta foyda talab 
qiladilar. 
3. Raqobatko’p xollarda xarajatlarga va xizmat ko’rsatish darajasiga katta ta’sir 
ko’rsatadi. 
4. Ishlab chiqarish kuvvatlarini kengaytirishda jiddiy muammolar paydo 
bo’ladi. 
5. Innovatsion jarayon va tovarlarni qo’llashning yangi usullarini izlash 
kiyinlashadi. 
6. 
Xalkaro raqobat kuchayadi.
7. 
Tarmoqning daromadliligi pasayadi.
8. 
Raqobatning kuchayishi avvalgi raqobatchilarning bir-birga kushilib 
ketishlariga va bir-birlarini «yutib» yuborishlariga olib keladi.
Etuklik bosqichi rivojlanib borgan sari korxonalar o’zlarining strategik 
xarakatlarini raqobatchilar orasida pozitsiyalarini mustaxkamlashga yunaltiradilar. 
Bunda ular kuyidagi vositalardan foydalanadilar: 

Parametrik katorlarini kiskartirish. 

Ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilishga etiborni karatish. 

Xarajatlarni kamaytirishga etiborni kuchaytirish. 

Mavjud xaridorlarga sotuvni oshirish. 

Raqobatchi korxonalarni past baholarda sotib olish. 

Xalkaro bozorga chiqish. 


69 
 
Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi korxonalar uchun strategiya 
 
Ko’pgina korxonalar sanoatga nisbatan o’sish past bo’lgantarmoqlarda ish olib 
boradilar. 
Bunday korxona yoki kompaniyalar davom etayotgan turgunlikning aniq 
vokeligini tan olishlari va bozorning mavjud imkoniyatlariga mos keladigan 
maqsadlarni ifodalashga o’z kuchlarini sarflashlari kerak bo’ladi. 
Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi 
tarmoqlarda 
muvaffakiyatga 
erishgan kompaniyalar asosan kuyidagi strategiyalarga amal qiladilar: 
1. O’suvchi bozor segmentlarini aniqlab, mos strategiya yaratish va ishlab 
chiqish yuli bilan fokuslash strategiyasi tomon yul tutish. 
2. Sifatni yaxshilash va innovatsiya asosida differentsiyalash tomon yul tutish. 
3. Xarajatlar darajasini pasaytirish uchun zur berib va o’zilishlarsiz ishlash. 
Odatda sanab utilgan uchta strategiyaning bittasidan foydalanish talab etiladi. 
Lekin ular bir-birini inkor etmaydilar. Unumdorlikning o’sishi baholarni pasaytirish 
imkonini beradi, bu o’z navbatida sotuv xajmini o’sishiga olib keladi. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Etuklik bosqichida bo’lgantarmoqlarda raqobat strategiyasi

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish