|
Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligiBog'liq 33740 Strategik boshqaruv Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi
Kompaniya mablaglarini vertikal integratsiyaga investitsiya qilishning asosiy
sababi uning raqobat pozitsiyasini kuchayishidir. Agar vertikal integratsiya kompaniya
xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki kushimcha raqobatustunligiga
erishishga olib kelmas ekan, u strategik xisoblanmaydi va unga mablag sarflashning
foydasi yuq.
«Orqaga» integratsiya shundagina xarajatlarni pasayishiga olib keladiki, unda
ishlab chiqarishning talab etiladigan xajmi shu darajada yuqori bo’ladiki, u xuddi
ta’minotchilardagi kabi ishlab chiqarish miqyoslarida shunday tejamkorlikni
ta’minlaydi.
«Oldinga» vertikal integratsiya xam ana shunday ildizlarga ega.
Vertikal integratsiyaning kamchiliklariga kuyidagilar kiradi:
1. Integrallashgan Korxonalar yangi texnologiyalarga sekin kunikish
tendentsiyasiga ega bo’ladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan bog’liq.
2.
Integratsiya
ta’minotchilarni erkin tanlash xususida Korxonaning
imkoniyatlarini cheklaydi.
3. Vertikal integratsiya kadriyatlar zanjiridagi xar bir bosqichda kuvvatlarni
balansligi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga olib keladi.
4. «Oldingi» yoki «orkaga» integratsiya turli malaka, maxorat va ishbop
kobiliyatlarini talab etadi.
SHunday qilib, vertikal integratsiya strategiyasining xam kuchli, xam kuchsiz
tomonlari bo’lishi mumkin. Integratsiyaning kanday yunalish va kanday mikyoslarini
tanlash kuyidagilarga bog’liq:
1. Integratsiya kompaniyaning strategik jixatdan muxim bo’lgan ish sohalari
xarajatlarini pasaytirish yoki tabaqalashtirishni chuqurlashtirish tomoniga yaxshilashga
kodirmi?
2. Kapital xarajatlar, javobiy reaktsiyaning chapdastligi va tezligiga, ma’muriy
xarajatlarga kanday ta’sir ko’rsatadi?
3.
Raqobat ustunligini yaratishga kodirmi?
|
| |