73
МВС
МВС
1
d
1
d
2
d
3
МВА
Biznesning bir turida faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalar o’zoq yillar
diversifikatsiyasiz amal qilib xavas qilarli natijalarga erishishlari mumkin. Bunga
misollar ko’p. Bir sohada kontsentratsiya - jamlanish kator foydali tashkiliy va
boshqaruv ustunliklariga egadir.
Birinchidan, kontsentratsiya «biz kimmiz va nima
bilan shug’ullanamiz» degan savoldagi mavxumiylikni istisno qiladi. Bunda barcha
kuch biznesning bir turiga yunaltiriladi va raxbariyatning xatti-xarakatlari boshqa
sohalarga «sochilib ketish» extimoli bo’lmaydi.
Ikkinchidan, bir sohada jamlanish jiddiy rag’batlar borligini ko’zda tutadi. Ular
menejerlarni bir daqiqalik foyda olishga emas, korxonaning
tarmoqdagi raqobat
pozitsiyalarini o’zoq kelajakda xam mustaxkamlashga ragbatlantiradi.
Boshqa tomondan, bir yunalishda jamlanish, uning xarakatlarini bir tomonga
yunaltirish kompaniya uchun katta tavakkalchilik bo’lib xisoblanadi. Obrazli qilib
aytganda «uning, korxonaning barcha tuxumlari bir savatda bo’ladi».
Marginal qo’shimcha
boshqaruv xarajatlari
Divertsiyalash
xarajatlari
7.1.-rasm. Sarflangan kapital birligiga to’g’ri keladigan qo’shimcha foydaning
diversifikatsiyalash xarajatlariga bog’liqligi
Sekin o’sayotgan tarmoq sharoitida kuchli kompaniyalar diversifikatsiyani
boshlash uchun naqd pul ortiqchaligidan foydalanish imkoniyatini ko’rib
chiqishlari
kerak. Diversifikatsiyani boshlash masalasi qisman kompaniyaning mazkur tarmoqda
o’sish imkoniyatlariga, qisman uning raqobat pozitsiyalariga bog’likdir. Korxona
o’zining asosiy ustunliklaridan samarali foydalana oladigan sohalarga diversifikatsiya
qilishi eng yaxshi strategiya bo’lib xisoblanadi. Lekin korxona uchun butunlay yangi
bo’lgan tarmoqlarga diversifikatsiyalash, turdosh tarmoqlarning birortasiga xam o’sish
istiqbollarini ta’minlay olmay qolgan taqdirda ko’zda tutilishi kerak. SHunday qilib,
«qachon diversifikatsiyalash kerak?»
degan masalani xal etish, bir tomondan
korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasiga, boshqa tomondan tub tarmoqdagi
qolgan
imkoniyatlariga
bog’liqdir. Kompaniyalar diversifikatsiyani amalga
oshirishlarining aniq belgilangan vaqti yuq.
Kompaniyalar uchun o’zoq muddatli daromadni maksimallashtirishning ma’nosi
shuki, kompaniya odatda o’z bozori
doirasida narxdagi ustunlik, tabaqalashtirish va
fokuslanish strategiyalari vositasida yaxshi raqobatlashadi. Ammo bu strategiyalar
(sotishda va ta’minotda strategik ustunliklarga ega bo’lish uchun) oldinga va orqaga
74
vertikal integratsiyani ham o’z ichiga olishi mumkin. Yana bir imkoniyat kompaniya
faoliyatini diversifikatsiyalashdir.
Kompaniyaning o’sishi va rivojlanishi odatda uchta asosiy bosqichdan iborat:
- milliy bozorda yakka biznesga ixtisoslashish;
- vertikal integratsiya, yoki asosiy biznesdagi eng kuchli pozitsiya tomon global
ekspansiya;
- erkin resurslarni biznesning boshqa turiga investitsiyalash yuli bilan
diversifikatsiyalash.
Bularning barchasi kompaniyaning o’sishiga olib keladi, ammo
«Diversifikatsiyalash darajasi» oshgan sari kamayuvchi qaytim «qonuni»ni nazarda
tutish kerak.
Ma’lum bir nuqtadan so’ng ekstensiv diversifikatsiyalash, vertikal integratsiya va
biznesning baynalminallashuvi sarflangan kapital birligiga to’gri
keladigan
daromadlarning kamayishiga olib keladi, chunki kompaniya birinchi navbatda eng
daromadli qulay imkoniyatlarni amalga oshiradi, so’ngra eng kam daromad keltiruvchi
imkoniyatlar qoladi, bu esa korxonaning o’sish imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Buni
8-rasmda ko’rishimiz mumkin.