|
-jadval
Menejmentga nisbatan yondoshuvlar
|
bet | 5/7 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 92,17 Kb. | | #123562 |
Bog'liq MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI1-jadval
Menejmentga nisbatan yondoshuvlar
Nomi
|
Qisqacha mazmuni
|
Ma’muriy
Qayta ishlab
chiqaruvchi
Dinamik
Integratsiyali
Miqdoriy
Majmuaviy
Marketingli
Me’yoriy
Ahloqiy
Jarayonli
Tizimli
Vaziyatli
Vazifaviy
|
Ma’muriy yondoshuvda me’yoriy hujjatlardagi menejment tizimining vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, element- lari tartibga solinadi
Qayta ishlab chiqaruvchi yondoshuv bozor ehtiyojlarini kamroq xarajatlar bilan qanoatlantirish uchun tovar ishlab chiqarishni doimo qaytadan boshlashga mo‘ljallangan
Dinamik yondoshuvda boshqaruv ob’ekti dialektik rivojlanishda, sabab-natija aloqalarida va birgalikdagi tobelikda ko‘rib chiqiladi
Integratsiyali yondoshuvda alohida tizimchalar va boshqaruv tizimining elementlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatiladi
Miqdoriy yondoshuvning mohiyati matematik, statistik va muxandislik hisoblashlar yordamida miqdoriy baholashdan foydalanishdan iboratdir
Majmuaviy yondoshuvda menejmentning texnik, iqtisodiy ijtimoiy va boshqa jihatlari hisobga olinadi
Marketing yondoshuvi boshqaruvchi tizimchalarni iste’molchiga qaratishni ko‘zda tutadi
Me’yoriy yondoshuvda boshqaruvdagi me’yorlar va normativlar belgilanadi
Ahloqiy yondoshuv xodimga shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga yordam berishdan iboratdir.
Jarayonli yondoshuvda boshqaruv o‘zaro bog‘liq vazifalarning majmuasi sifatida ko‘rib chiqiladi
Tizimli yondoshuvda har qanday tizimga o‘zaro bog‘liq elementlarning majmuasi sifatida qaraladi
Vaziyatli yondoshuv boshqaruvning har xil usullar qo‘llanishi aniq vaziyat bilan belgilanishi nazarda tutiladi
Vazifaviy yondoshuvning mohiyati ehtiyojni qanoatlashtirish uchun bajarish kerak bo‘lgan vazifalarning majmuasi sifatida ko‘rib chiqilishida iborat bo‘ladi
|
Ushbu yondoshuvlarni boshqaruvning asosiy tamoyillariga kiritish mumkin. Boshqaruv jarayonlarini aniq ob’ektlarini boshqarish jarayonida boshqaruv sub’ektlari (idoralari) amal qilishlari kerak bo‘lgan jamiyatning ob’ektiv qonunlari va qonuniyatlaridan kelib chiquvchi asosiy qoidalar sifatida belgilash mumkin.
Birinchi marta “boshqaruv tamoyillari” atamasini F. Teylor kirit- gan, u 1911 yilda “Ilmiy menejment tamoyillari” nomi ostida asarini nashr qilgan.
Ishlarni bajarish asoslari va mehnat operatsiyalarini o‘rganish asosida ishchilarning shaxsiy mehnatlarini boshqarishning to‘rtta tamoyillarini shakllantirgan:
ishning har bir elementini bajarilishiga ilmiy yondoshuv;
ishchilarni tanlash, o‘qitish va mashq qildirishga ilmiy yondoshuv;
ishchilar bilan kooperatsiyalashish;
natijalar uchun javobgarlikni menejerlar va ishchilar o‘rtasida taqsimlash.
Menejment sohasidagi boshqa mashhur mutaxassis A.Fayol 1916 yilda “Umumiy va sanoat boshqaruvi” kitobida tashkilotlardagi boshqaruvchilar ishini shakllantirilgan holda ta’riflashni taklif qilgan va boshqaruvning 14 ta tamoyillarini shakllantirgan, boshqaruv vazifalarini hal qilish va menejment vazifalarini bajarishda ularga amal qilish taklif etiladi (2-jadval)1.
|
| |