Boshqaruv tizimining boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari




Download 92,17 Kb.
bet3/7
Sana19.12.2023
Hajmi92,17 Kb.
#123562
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI

Boshqaruv tizimining boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari

Boshqaruv sub’ekti sifatida firmalar bo‘limlari va xizmatlari majmuasini yoki alohida bo‘linma, yakka shaxs va boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin. Boshqaruv ob’ekti sifatida xodim, mehnat jamoasi, tovarlar, resurslar, hujjatlar va h.q. bo‘ladi. Masalan, usta uchastkaning ishini tashkil qiladi. Bunda u past darajadagi menejer yoki boshqaruv sub’ekti, ishchilar esa – boshqaruv ob’ektlari bo‘ladi. Tashkilotning tijorat direktori bo‘linmalarning ishini tashkil qiladi. Bunda u menejer yoki boshqaruv sub’ekti, ko‘rsatilgan bo‘linmalar- boshqaruv ob’ektlari bo‘ladilar.


Sub’ektning boshqaruv ob’ekti bilan o‘zaro hamkorligi uchun ular o‘rtasida majmuaviy xarakterga ega munosabatlar mavjud bo‘lishi zarur. Bunda boshqaruvning ayrim darajalaridagi munosabatlarning u yoki bu turlari ustunlik qiladilar. Iqtisodiy munosabatlarga asoslangan boshqaruv munosabatlari keng tarqalgandirlar.
Agar bir tomondan boshqaruv sub’ektida boshqarishga ehtiyoj va imkoniyat, boshqa tomondan esa – boshqaruv ob’ekti boshqaruv buyruqlarini bajarishga ehtiyoji va imkoniyati bo‘lsa, boshqaruv haqiqiy bo‘ladi.
Sub’ektni boshqaruvchi faoliyati bunda u qanday maqsadlarni ko‘zlashiga ko‘ra ma’lum yo‘nalishni oladi. Agar boshqaruv maqsadlari sub’ektning boshqaruv faoliyati jarayonida ko‘zlangan maqsadiga mos kelsa, u samarali boshqarishga qaratilgan bo‘ladi.
Boshqaruvni faqat tashkilotning tarkibiy qismi bo‘lgan haqiqiy harakat qiluvchi tizim mavjud bo‘lgandagini amalga oshirish mumkin, u tizimli boshqaruv deb ataladi.
Zamonaviy tashkilotni boshqarish tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • yuqori egiluvchanlikka ega bo‘lish;

  • ishlab chiqarishning mehnatni nazorat qilish, tashkil etish va taqsimlashning tegishli shakllarini talab qiluvchi texnologiyasiga o‘xshash bo‘lish;

  • korxonaning tashqi va ichki muhiti, bozor holatining omillari o‘zgarishlariga operativ javob qaytarish;

  • tashkilotni boshqarishning yuqori samaradorligini ta’minlash;

  • tashkilotning rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • fan va ilg‘or amaliyot yutuqlarini tadbiq etilishini ta’minlash;

  • o‘zini o‘zi tartibga solish xususiyatiga ega bo‘lish.

Aloqa boshqaruvning har qanday tizimining muqarrar elementi bo‘ladi. Aloqalar to‘g‘ridan to‘g‘ri, teskari, vertikal, gorizontal va diagonalli va h.k bo‘lishi mumkin.

Download 92,17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 92,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv tizimining boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari

Download 92,17 Kb.