|
Menejmentning nazariy asoslari reja: Boshqaruv va menejment Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi
|
bet | 4/7 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 92,17 Kb. | | #123562 |
Bog'liq MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARITo‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa - bu boshqaruv sub’ektining ob’ektga boshqaruv buyruqlari, qarorlar, tavsiyalar va x.q ko‘rinishidagi ta’siridir. Teskari aloqa - bu boshqaruv ob’ektidan boshqaruv sub’ektiga chiquvchi axborotdir.
Boshqaruv tizimini ikkita tizimchalar – boshqaruvchi (boshqaruv sub’ekti) va boshqariluvchi (boshqaruv ob’ekti), hamda ular o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqani tashkil qiluvchilarni elementar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.
O.S. Vixanskiy va A.I. Naumov boshqaruv tizimida uchta tizimchani belgilaydilar. Birinchi tizim boshqaruv tizimi sifatida avvalroq qabul qilingan. Bu o‘zlarining oldilariga qo‘yilgan vazifalarni bajaruvchi boshqaruv idoralari, bo‘linmalar va ijrochilar majmuasi, ular yordamida boshqaruv amalga oshiriladigan usullar yig‘indisidir. Ushbu tizimchani tashkilot, texnologiya va boshqaruv usullarining birligi deb belgilash mumkin. U tarkibiy-vazifaviy deb ataladi va boshqaruv tizimining “negizi” sifatida bo‘ladi.
Ikkinchi tizimcha – axborotli - ahloqiy. Quyidagilar uning asosiy bloklari bo‘ladilar:
boshqaruv g‘oyasi va boshqaruv tizimini qiymatga yo‘naltirish;
boshqaruv jarayoni ishtirokchilarining manfaatlari va axloqiy me’yorlari;
boshqaruv tizimidagi axborotlar va kommunikatsiyalar.
Tashqi muhit
Бошқарувчи тизимча
Мақсадий тизимча
Менежмент- нинг илмий ёндашувлар тамойиллари усуллар
Вазифавий тизимча
Таъминлочи тизимча
Kirish Chiqish
Teskari aloqa
Menejment tizimining tuzilishi
3. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari
Menejmentning samaradorligi ko‘proq darajada ilmiy yondashuvlar va tamoyillardan foydalanish bilan belgalanadi. Hozirgi vaqtda amaliyotda menejmentga nisbatan faqat ba’zi bir ilmiy yondashuvlar va tamoyillar qo‘llaniladi., bu uni tushunishni “torligi” bilan izohlanadi.
Har bir ob’ektni boshqarishning nazariyasi va amaliyoti tahlili R.A.Fatxutdinov bo‘yicha menejmentga nisbatan o‘z ilmiy yondoshuvlarini qo‘llash zarurligini belgilashga imkon beradi. (1- jadval).
|
| |