|
Menejmentning nazariy asoslari reja: Boshqaruv va menejment Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi
|
bet | 7/7 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 92,17 Kb. | | #123562 |
Bog'liq MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI4. Boshqaruv usullari
Boshqaruv usullari – bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun boshqaruvchi tizimcha – boshqaruv sub’ektini boshqariluvchi tizimcha – boshqaruv ob’ekti (xodim, jamoa, boshqaruvning ijtimoiy–iqtisodiy ob’ekti)ga ta’sir ko‘rsatish usullaridir. Boshqaruv usullari va boshqaruv jarayoni usullari ajratiladilar. Boshqaruv usullari boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko‘rsatishning yakunlangan jarayonini ta’riflaydilar. Boshqaruv jarayoni usullari bilan faqat ayrim ishlar bajariladi.
YAna to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali ta’sir ko‘rsatish, rasmiy va norasmiy usullari ham ajratiladilar. To‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish usullardan foydalanishda ta’sirning bevosita natijasini olish ko‘zda tutiladi; vositali ta’sir ko‘rsatish usullari bilan yuqori natijalarga erishish uchun sharoitlar yaratiladi. Rasmiy va norasmiy ta’sir ko‘rsatish usullarining nisbati boshqaruv uslubining o‘ziga xos alomatlarini aks ettiradi.
Boshqaruv usullari tizimida umumiy usullar ajratiladi. Ularga an’anaviy ravishda iqtisodiy, ma’muriy (ba’zida ularni tashkiliy deb ataydilar) va ijtimoiy-psixologik usullar kiradilar.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari boshqaruv ob’ektining iqtisodiy qonunlar talablaridan ongli ravishda foydalanishga asoslangan iqtisodiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatish usullarining majmuasidan iborat bo‘ladilar. Bu usullarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
respublika, viloyat, tuman idoralari tomonidan foydalaniladigan usullar;
tashkilotlar (korxonalar) tomonidan foydalaniladigan usullar.
Birinchi guruhga mamlakat va mintaqaning soliq tizimlari va kredit – moliya mexanizmlari, ya’ni korxona tashqi muhitning iqtisodiy omillari kiradilar.
Ikkinchi guruhni quyidagilar tashkil qiladilar:
xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi;
ishning sifati va samaradorligi uchun javobgarlik tizimi;
tashkilot faoliyat yuritishining iqtisodiy me’yorlari (fond bilan qurollanganlik va mehnatning unumdorligi, mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik me’yorlari), ular marketing tadqiqotlari, mahsulot sifatining asosiy ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishning darajasi, shu jumladan biznes-rejani tahlil qilish asosida ishlab chiqiladilar.
Har bir kishi ishining sifati va samaradorligini oshirishiga qaratilgan va shaxs va jamiyat munosabatlarini uyg‘unlashtirish uchun motivatsiya va muvofiqlashtirish qurollaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladigan xodimlarni rag‘batlantirish boshqaruvning muhim iqtisodiy usuli bo‘ladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishning zamonaviy shakllariga quyidagilar kiradilar:
ish haqi tizimini mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq shakllantirish;
qo‘shimcha mukofotlar ko‘rinishidagi bonuslar, mukofotlar, asosiy ish haqiga qo‘shimchalar;
xodimni tashkilot foydasini taqsimlashda ishtiroq etishi;
xodimga nafaqa jamg‘armasini shakllantirish ko‘rinishida imtiyozlar va engilliklar berish, xodimning xavfsizligini ta’minlash, unga transport xizmatlari, turar -joy ijarasi va bolalar muassasalari, o‘qish, malakasini oshirishga haq to‘lashda imtiyozlar berish, xodim va uning oila a’zolarini da’volash va dam olishlarini tashkil qilish, xodimga tashkilot tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xarid qilishda imtiyoz berish;
xodimga imtiyozli kreditlar berish;
Xulosa:
Tashkilot menejmenti tizimini boshqaruvchi tizimchasi quyidagilarni o‘z ichiga quyidagilarni oladi: xodimlarni boshqarish, menejmentning sotsiologiyasi va psixologiyasi, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qarorlarni qabul qilishdagi tahlil, qarorlarni qabul qilishdagi bashorat.
Boshqaruv tizimining o‘zini o‘zi rivojlantirish tizimchasi uchinchi tizimcha bo‘ladi. Uni paydo bo‘lishi boshqaruv tizimida o‘zini o‘zi takomil- lashtirishga intilish, ilg‘or g‘oyalarini qidirib topish va ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish kabi sifatlarni vujudga kelishi bilan asoslanadi. Bu tizimcha nafaqat ko‘rsatib o‘tilgan sifatlarni aks ettiradi, balki, ularni qayta ishlab chiqilishi, tarqatilishi va amalga tadbiq etilishiga yordam beradi.
Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul qilish zaruriyati menejmentning nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga jiddiy motivatsiya bo‘lgan. G‘arbning ilg‘or mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, menejment oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmoqda va uning samaradorligini oshishida juda katta rol ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanishga tegishlidir.
Jamoada qulay ahloqiy-psixologik muhitni ta’minlash uchun rahbarlarning maxsus bilimlari va ko‘nikmalari talab qilinadi. Maxsus tadbirlar sifatida quyidagilardan foydalanish kerak: xodimlarni ilmiy asoslangan holda tanlash, menejerlarni o‘qitish va davriy ravishda attestatsiyadan o‘tkazish, mehnat jamoalarini xodimlarni psixologik birga bo‘la olishlarini hisobga olish bilan shakllantirish, jamoa a’zolarida o‘zaro tushunish va o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ijtimoiy-psixologik usullar, rahbarlikning tegishli uslubi.
Jamoani shakllantirish va shaxslararo munosabatlarni tadqiqot qilishda sotsiomatritsalar va sotsiogrammalarni tuzish tavsiya etiladi. U guruh a’zolarining bir birlariga munosabatlarini va jamoaning jipsligi darajasini belgilash, etakchini aniqlash, hamda xodimlarning sotsiomatrik mavqi va jo‘shqin engiltakligini aniqlashga imkon beradi.
Ta’kidlash kerakki, amaliyotda boshqaruv usullari tizimi doimo o‘zgarib turadi. Masalan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor tizimiga o‘tishda boshqaruvning iqtisodiy usullari rivojlanganlar. Bundan tashqari, ijtimoiy hayot va iqtisodiyotni demokratlashishi natijasida insoniy omilning roli o‘sgan, shuning uchun ijtimoiy-psixologik omillarga ko‘proq e’tibor qaratila boshlangan.
Ammo, amaliyotda foydalaniladigan boshqaruv usullari, qoidaga ko‘ra, majmuaviy bo‘ladilar, ya’ni ular bir vaqtda iqtisodiy manfaat, ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga oladilar. Bunda ayrim usullar aniq vaziyatlarda bir birlarini to‘ldirgan-day bo‘lib, har xil omillarning boshqaruv ob’ektiga ta’sirni majmuaviy belgilashga imkon beradi. Bunday sharoitlarda har xil darajadagi menejerlar boshqaruvning majmuaviy usullarini egallagan bo‘lishlari, tanlovni to‘g‘ri bajarishlari va xuddi ushbu aniq sharoitlarda samaraliroq bo‘lgan usullarni qo‘llashlari kerak.
|
| |