104
tuprog`idan tayyorlanadi. Tuproqdan tayyorlanadi va unga ko`p ishlov beriladi. Unga shakl
berilib maxsus issiqlikda pishirib, chiroyli va bejirim choynak va piyolalar yasaladi.
Qimmatoy: Ha tushundim, loydan shunday chiroyli idishlar tayyorlansa-ya
Bolalar: biz loy mashg`ulotlarida xar xil idishlar yasaganmiz.
Zumradoy: Qimmatoy mana bu choynak va piyolani bezagini qara qanday chiroyli ekan.
Tarbiyachi: Ha bolajonlar idishlar maxsus issiqlikdan chiqqandan so`ng naqqoshlarimizning
ishi boshlanadi.
Qimmatoy : nashq nima ?
Tarbiyachi: naqsh milliy san’at turlaridan biri bo`lib gazlamalarga yog`ochlarga va chinni
idishlarga tovoqlarga bezak sifatida ishlatiladi. Milliy naqshlardan yurtimizning tarixiy
obidalarida juda ko`p foydalanilgan. Ular go`lzalligi, betakrorligi sababli umrboqiy
hisoblanadi. Naqshlardan milliy hunarmandchilikda, o`ymakorlikda ko`p foydalaniladi.
Naqshlar to`g`ri va to`lqinsimon chiziqlardan tashkil topadi va ko`pgina buyumlarga bezak
berishda foydalaniladi. Masalan mana bu sochiqlar, sochiqlarning chetlari to`lqinsimon,
to`g`ri va doira shaklda bezatilgan. Idishlar ularni paxta gulli atlas nusxada mayday gulli
idishlarni tarbiyachi bniloan birgalikda kuzatadi. Bu naqshlarda milliy boyligimiz paxta atlas
aks ettirilgan.
O`yin : Sherigini top