80
Boshiga kiygan do`ppi
Bolalar javoblari: (choynak)
2-topishmoq. Yana bitta topishmoq aytaman
Ona bola yemas-ichmas
Dasturxondan nari ketmas
Bolalar javoblari: (choynak, piyola)
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar mana “Sirli sandiqcha”miz ham ochildi. Qarang uning ichida,
choynak, payola, tavoqlar, likopchalar bor ekan. Hozir ular haqida sizlarga aytib beraman.
Shu payt eshikdan Bilmasvoy kirib keladi. Bolalar bilan salomlashadi.
Tarbiyachi: Bolalar guruhimizga mehmon tashrif buyurdi.
Uyimizga mehmon kelsa nima
qilamiz.
Bolalar: Dasturxon bezatamiz, mehmon qilamiz.
Tarbiyachi: Kelinglar biz ham mehmonlarni dasturxonga taklif etamiz.
Buning uchun nima qilish kerak?
Bolalar: Dasturxon yozib turli xil noz-ne’matlar va choynak payola, shirinliklar qo`yiladi.
Tarbiyachi: Mehmonlarga choy quyib uzatamiz
Bilmasvoy: Ustoz bu idishlar juda ham ajoyib ekan, ular qanday tayyorlangan?
Tarbiyachi: Bolajonlar aytingchi, choynak va payola bizga nima uchun kerak?