• Tarbiyachi
  • Mening jonajon O`zbekistonim




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/121
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #124460
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   121
    Bog'liq
    Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

    Tarbiyachi: Bolalar shamol va quyoshning baxslashishidan qanday hulosa chiqardingiz?
    Bolalar javobi:  
    Guruh xonasiga Qimmat tashrif buyuradi. 
    Qimmat: Uff bu quyosh qizdiraverib jonimga tegib ketti qachon kech tushadiyu va 
    yulduzlarni tomosha qilib yotaman.
    Tarbiyachi:Qimmatxon senga topishmoq aytaman topsang quyosh o`z navbatini oy va 
    yulduzlarga beradi, agar topa olmasang quyosh taftidan uhlayolamay yuraverasan.
    Qimmat: Kelishdik men albatta topaman 
    Tarbiyachi: Unday bo`lsa diqqat bilan tingla 
    Dum dumaloq barkash non 
    Ko`k yuzida suzadi (Oy) 
    Tarbiyachi: Bolalar u to`g`ri javob berdimi 
    Bolalar: Yo`q topishmoqning javobi Oy 
    Tarbiyachi: Senga yana bir topishmoq aytaman 
    Tunda ko`rib cho`g deysan 
    Tongda ko`rib yoq deysan (Yulduz) 
    Qimmat: Axir bu olovku topdimmi 
    Tarbiyachi: Sen topishmoqning javobini topa olmading bu yulduz edi. Bolajonlar 
    Qimmatxon kun va tunni farqlay olmas ekan. Kunduzi quyosh charaqlab chiqib bepayon 
    olamga yorug`lik tarqatib turadi. Yerdagi butun tirik tabiat, o`simlik va hayvonlar, insonlar 
    quyosh yorug`ligi tufayli mavjuddir. Tunlari esa osmonda son sanoqsiz yulduzlar ko`rinadi. 
    Yulduzlar bizga mitti bo`lib ko`rinsada aslida ularning har biri juda ulkan. Yulduzlar rang 
    barang ayrim yulduzlar oqish yoki ko`kimtir bo`ladi. Bolajonlar Odil Abdurahmonning “Oy 
    allasi” she’rini kim aytib beradi.  
    Bolalar:  
    Oy ona emish
    Bolasi yulduz 
    Alla aytarmish 
    Oppog`im qunduz 
    Ko`zim nurini
    Senga tutdimo 


    86 
    Otangday bo`l deb 
    Yo`ling kutdimo 
    Otam qayda deb 
    So`rama bolam 
    Otang quyoshdan 
    Bahramand olam 
    Tarbiyachi: barakalla bolajonlar qani aytinglarchi oy ona bolasiga yulduzga nimalar haqida 
    so`zladi? Quyosh oy yulduzlar kimlarga o`xshatilgan? 
    Demak bolajonlar inson tirik tabiatning hayotida bu osmon jismlarining ahamiyati muhim 
    ekan. Ayiqvoy. Quyoshbobo, Qimmatxon kelinglar bolalar bilan birga “kun va tun” o`yinini 
    o`ynaymiz. Guruh ikki jamoaga bo`linib 1-quyosh, 2- yulduzlar 
    Bolajonlar sizlar bilan muassasa atrofiga sayrga chiqamiz. O`yinimizni kunning ikkinchi 
    yarmida davom ettiramiz.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   121




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish