• Tarbiyachi
  • Mening jonajon O`zbekistonim




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/121
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #124460
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121
    Bog'liq
    Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

    Tarbiyachi: Salom ayiqcha nima bo`ldi, nega hafasan? 
     
    Ayiqcha: Salom bolalar men yotaverib juda ham zerikib kettim hech qachon quyosh 
    chiqmaydiganga o`xshaydi.
     


    88 
    Tarbiyachi: Bolalar sizlar ham ayiqchaga achinyabsizlarmi? Kelinglar uni kayfiyatini 
    ko`tarish uchun koinotga sayr qilamiz. Koinot deganda osmon, oy, quyosh, yulduzlarni 
    tushunamiz.
    Bolajonlar topishmoq aytaman topasizlar.
    Tilla sandiq ochildi 
    Olamga nur sochildi
    (Quyosh) 
    Barakalla bolajonlar bu quyosh edi.
    Guruh xonasiga quyosh bobo kirib keladi. 
    Men quyosh nurlarim bilan
    Iliq, issiq, taftlarim bilan 
    Har tong men ham shoshaman 
    Yayrab nurim chochaman 
    Tarbiyachi: Quyosh bobo bilasizmi ayiqcha sizni juda ham sog`ingan u qishning qattiq 
    sovug`idan yotaverib toliqqa. Bolalar bilan qaysi fasllarda butun borliqni qizdirishingizni 
    tushuntirsak.
    Quyosh: Men har kuni yer sirtining bir tomonidan chiqib kun bo`yi osmonda harakat 
    qilaman, kechga borib yer sirtining boshqa bir tomoniga boatman. Yer mening atrofimda 
    aylanadi.
     
    Tarbiyachi: Bolajonlar diqqatingizni kompyuterga qarating, yer quyosh atrofida aylanishini 
    kuzatamiz. Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanadi Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, 
    Saturn, Uran, Neptun 
    Quyosh: Bolalar men haqimda she’rlar bilasizlarmi? 
     
    Bolalar: Oltinquyosh (Miraziz A’zam) 
    Quyosh chiqdi,
    Oltin quyosh 
    Oltin quyosh ufqda,
    Oltin quyosh chiqganini 
    Kalaytamiz qo`shiqda 
    Turing qani o`rningizdan 
    Turing oppoq bolalar 
    Oltin quyosh chiqqaniga
    Qutlamoqda dalalar 
     
    Tarbiyachi: Bolalar sizlarga “Shamol va quyosh” hikoyasini so`zlab beraman. 
    Bir kuni shamol va quyosh baxslashib qolibdi. Ular bu tortishuvni yo`lda keayotgan 
    yo`lovchi yordamida hal qilishga kelishibdi. Kim birinchi bo`lib yo`lda kelayotgan 
    yo`lovchining egnidagi po`stinini yecha olsa o`sha kuchli hisoblanadigan bo`ldi. Shamol o`z 
    navbatidan foydalanib qattiq esa boshlabdi yo`ldagi odam yurishga qiynalib zo`rga qadam 
    tashlabi. Shamol kuchaygan sari yo`lovchi ham kiyimiga mahkamroq o`ranib olibdi qancha 
    harakat qilmasin yo`lovchining kiyimini yecha olmabdi. Navbat quyoshga kelibdi. Quyosh 
    o`zining nurlarini sochibdi keyin esa taftini zo`raytirib yo`lovchini qizdira boshlabdi. Shunda 
    yo`lovchi isib ketganini his qilib p`ostinini yechibdi.
    Qissadan qissa shuki ko`p narsaga zo`ravonlik bilan emas oliyjanoblik bilan erishsa bo`ladi.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish