|
-Mavzu: Bizning sayyora, fazoga sayoxat, raketa va samolyotlar.
Maqsad Pdf ko'rish
|
bet | 100/121 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #124460 |
Bog'liq Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi59-Mavzu: Bizning sayyora, fazoga sayoxat, raketa va samolyotlar.
Maqsad: Bolalarga koinot haqida tushuncha berish, koinot transportlari haqida tushuncha
berish, bolalarni koinot haqidagi bilimlarini boyitish, o`yin orqali shaxsi hissiy irodaning
sifatkarining jamoada ijobiy muhitini yarata olish hissini rivojlantirish.
Kerakli jixozlar: Globus, samolyot, vertalyot, raketa, plakat, sayyoralar chizilgan rasimlar,
tarqatma materiallar.
Faoliyatning borishi: Bolalarni mashg`ulotga tayyorlash. Faoliyattopishmoq bilan boshlash.
O`zi o`xshar tarvuzga
Bilim beradi bizga
Tarbiyachi: Qani bolalar bu topishmoqning javobi nima? Bolalar topishmoqni javobini
aytadilar. (globus). Rahmat bolajonlar barakalla.
Tarbiyachi: Qani bolajonlar biz hamma transportlarni turlarini bilamiz-a? Kelinglar menga
havo transportlarini kim sanab beradi?
1-bola: Ofarin, raketa, samolyot, vertalyot va boshqalar.
Tarbiyachi: Barakalla javobingiz juda ham to`g`ri.
Bolajonlar bugun sizlar bilan havo transportlari haqida suhbatlashamiz.
Men sizlarga turli xil rasimlar ko`rsataman sizlar rasmlarda nimalar tasvirlanganini
aytasizlar?
Tarbiyachi: Quyosh, osmon, oy, yulduz, samolyot, vertalyot, raketa rasmlarni ko`rsatadi.
Bolalar: Hammasini juda ham to`g`ri topdinglar.
Tarbiyachi: Endi men sizlarga fazoviy jismlar haqida tushuncha beraman.
Quyosh osmon jismlariga kiradi. U yer yuzini isitib barcha daraxtlar ekinlarga insonlarga
issiqlik nurini sochadi. Quyosh nuri bilan barcha meva va sabzavotlar shirin bo`lib pishadi.
Oy tunda ko`rinib yo`limizni yoritadi. Yulduz bizdan juda ham uzoqdaligi uchun bizga juda
ham mayda bo`lib ko`rinadi, lekin ular ham quyosh hisoblanadi. Quyosh, oy, yulduz osmon
jismlari hisoblanib ular bir birlariga uzviy bog`liq.
Endi havo transportlari bilan tashuvchi, qutqaruvchi samolyotlar bo`ladi. Samalyot- juda
katta polatdan va temirdan yasalgan bo`ladi. Vertalyot esa samalyotga o`xshash qanoti va
varraklari bo`ladi. Raketa esa havoga tik uchuvchi transport bo`lib unda ko`proq fazogirlar
uchadi.
Tushundilarmi bolalar.
Tarbiyachi: Qani bolalar hozir men sizlarga yana bir topishmoq aytaman.
Keng fazoni quchadi
Oylab yillab uchadi
|
| |