85
Bolalar: Oltinquyosh (Miraziz A’zam)
Quyosh chiqdi,
Oltin quyosh
Oltin quyosh ufqda,
Oltin quyosh chiqganini
Kalaytamiz qo`shiqda
Turing qani o`rningizdan
Turing oppoq bolalar
Oltin quyosh chiqqaniga
Qutlamoqda dalalar
Tarbiyachi: Bolalar sizlarga “Shamol va quyosh” hikoyasini so`zlab beraman.
Bir kuni shamol va quyosh baxslashib qolibdi. Ular bu tortishuvni yo`lda keayotgan
yo`lovchi yordamida hal qilishga kelishibdi. Kim birinchi bo`lib yo`lda
kelayotgan
yo`lovchining egnidagi po`stinini yecha olsa o`sha kuchli hisoblanadigan bo`ldi. Shamol o`z
navbatidan foydalanib qattiq esa boshlabdi yo`ldagi odam yurishga qiynalib zo`rga qadam
tashlabi. Shamol kuchaygan sari yo`lovchi ham kiyimiga mahkamroq o`ranib
olibdi qancha
harakat qilmasin yo`lovchining kiyimini yecha olmabdi. Navbat quyoshga kelibdi. Quyosh
o`zining nurlarini sochibdi keyin esa taftini zo`raytirib yo`lovchini qizdira boshlabdi. Shunda
yo`lovchi isib ketganini his qilib p`ostinini yechibdi.
Qissadan qissa shuki ko`p narsaga zo`ravonlik bilan emas oliyjanoblik bilan erishsa bo`ladi.