89
Bolalar javobi:
Guruh xonasiga Qimmat tashrif buyuradi.
Qimmat: Uff bu quyosh qizdiraverib jonimga tegib ketti
qachon kech tushadiyu va
yulduzlarni tomosha qilib yotaman.
Tarbiyachi:Qimmatxon senga topishmoq aytaman topsang quyosh o`z
navbatini oy va
yulduzlarga beradi, agar topa olmasang quyosh taftidan uhlayolamay yuraverasan.
Qimmat: Kelishdik men albatta topaman
Tarbiyachi: Unday bo`lsa diqqat bilan tingla
Dum dumaloq barkash non
Ko`k yuzida suzadi (Oy)
Tarbiyachi: Bolalar u to`g`ri javob berdimi
Bolalar: Yo`q topishmoqning javobi Oy
Tarbiyachi: Senga yana bir topishmoq aytaman
Tunda ko`rib cho`g deysan
Tongda ko`rib yoq deysan (Yulduz)
Qimmat: Axir bu olovku topdimmi
Tarbiyachi: Sen topishmoqning javobini topa olmading bu yulduz edi. Bolajonlar
Qimmatxon kun va tunni farqlay olmas ekan. Kunduzi quyosh
charaqlab chiqib bepayon
olamga yorug`lik tarqatib turadi.
Yerdagi butun tirik tabiat, o`simlik
va hayvonlar,
insonlar
quyosh yorug`ligi tufayli mavjuddir. Tunlari esa osmonda son sanoqsiz yulduzlar ko`rinadi.
Yulduzlar bizga mitti bo`lib ko`rinsada aslida ularning har biri juda ulkan.
Yulduzlar rang
barang ayrim yulduzlar oqish yoki ko`kimtir bo`ladi. Bolajonlar Odil Abdurahmonning “Oy
allasi” she’rini kim aytib beradi.
Bolalar:
Oy ona emish
Bolasi yulduz
Alla aytarmish
Oppog`im qunduz
Ko`zim nurini
Senga tutdimo
Otangday bo`l deb
Yo`ling kutdimo
Otam qayda deb
So`rama bolam
Otang quyoshdan
Bahramand olam
Tarbiyachi: barakalla bolajonlar qani aytinglarchi oy ona bolasiga yulduzga nimalar haqida
so`zladi? Quyosh oy yulduzlar kimlarga o`xshatilgan?
Demak bolajonlar inson tirik tabiatning hayotida bu osmon jismlarining
ahamiyati muhim
ekan. Ayiqvoy. Quyoshbobo, Qimmatxon kelinglar bolalar bilan birga “kun va tun” o`yinini
o`ynaymiz. Guruh ikki jamoaga bo`linib 1-quyosh, 2- yulduzlar
Bolajonlar sizlar bilan muassasa atrofiga sayrga chiqamiz. O`yinimizni
kunning ikkinchi
yarmida davom ettiramiz.