• Kerakli jixozlar va materiallar
  • -Mavzu: Buyuk alloma Z.M. Bobur Andijon farzandi. Maqsad




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/121
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #124460
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121
    Bog'liq
    Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

    61-Mavzu: Buyuk alloma Z.M. Bobur Andijon farzandi.
    Maqsad: Bolalarni buyuk allomalar bilan tanishtirish. Bobolarimiz yaratgan asarlarini bizga 
    qoldirgan ma’naviy merosini qadrlashni o`rgatish va mazmun mohiyatini tushuntirish. Buyuk 
    allomalarimiz asarlaridagi odamiylik, vatanparparlik, adolat, muhabbat, do`stlik, vafo, 
    halollik va mardlik kabi go`zal fazilatlarni bolajonlar ongiga singdirish. Bolalarni zukkolik, 
    tez fikrlash qobilyatlarini shakllantirish, xotira va tafakkurlarini rivojlantirish, buyuk 
    allomalarimizga bo`lgan hurmatini oshirish.
    Kerakli jixozlar va materiallar: 
    Buyuk ollomalar rasimlari, Andijon shahrining hozirgi ko`rinishiga oid rasmlar, qo`chimcha 
    adabiyotlar va ma’lumotlar.
    Faoliyatning borishi: Bolajonlar bugun biz sizlar bilan buyuk alloma, shoh va shoir, davlat 
    arbobi Andijon farzandi Z.M. Bobur haqida suhbatlashamiz. Z.M. Boburning rasmi 
    ko`rsatiladi.
    Bolajonlar rasmda kimni ko`ryabsiz? 
    Juda to`gri bu buyuk alloma, shox va shoir, davlat arbobi Z.M. Bobur. Z.M.Bobur 14-
    fevralda Andijonda tug`ilgan. U buyuk sarkarda A.Temurning beshinchi avlodi, Farg`ona 
    hukmdori Umarshayxning farzandi.
    Bobomiz Z.M. Bobur yoshligidanoq juda zehni o`tkir, ziyrak bola bo`lgan. Buni biz “Bobur 
    va kabutar” rivoyatidan bilishimiz mumkun.
    Kunlardan bir kun Boburning otasi Umarshayx saroy a’yonlari bilan saroyda o`tirgan 
    ekan. Bir kabutar uchib kelib ayvon peshtoqiga qo`nibdida “g`ulu-g`ulu” qilaveribdi. 
    Umarshayx a’yonlaridan “kabutar ne deydur” deb so`rabdi. Ular “Oliy hazrat, kabutar 
    qilichlarini qindan sug`urmoq kerak deydur” deb javob berishibdi. Bir chekkada jim o`tirgan 
    Mirzo Bobur “Yoq kabutar unday demaydur, ota u qovun sayliga chaqiribdur. Jonivor 
    hushxabar keltiribdur” debdi. Umarshayx kabutarni tutib keltirishlarini buyuribdi. Kabutarni 
    tutib kelib oyog`idagi mis xalqani olib qarashsa, ichidam bir xat chiqibdi. Xatda “Oliyxazrat, 
    qovun ayni pishdi. Kelib qo`l urib bersalar” deb yozilgan ekan. Mirzo Boburning gapi to`g`ri 
    chiqqanidan hayratga tushgan Umayshayx o`g`lidan “Bunchalik topqirligingni boisi nedur?” 
    deb so`rabdi. Bobur “Ota bu kabutar o`tgan yili qovun sayli hushxabarini habar qilg`on edi, 
    uning o`ng qanotida qora xoli bor edi shundan tanidim” deb javob beribdi. Yosh Boburning 
    hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx a’yonlariga qarab “Qilichini emas, aql-
    idrokini ishga solmoq lozimdir” deb barchani qovun sayliga otlanishga farmoyish beribdi. 
    Bolajonlar rivoyatdan ko`rinib turibdiki, u o`zining ziyrakligi, sinchkovligi va hushyorligi 
    bilan barchani lol qoldirgan. Shu bilan birga bir beozor qushni hayotini saqlab qolgan. Mirzo 
    Bobur ana shunday xislatlari bilan bir beozor qushni hayotini saqlab qolgan. Mirzo Bobur ana 
    shunday xislatlari bilan bir qatorda ko`p vaqtini kitob oqishga, bilim olishga bag`ishlardi.
    U she’r o`qishni, musiqa eshtishni yaxshi ko`rgan. Bobur komondan o`q otish va 
    qilichbozlikdan saboq olgan. Bobur 12 yoshida taxtga o`tirgan. 16 yoshidan boshlab she’rlar 
    yozgan. Keyinchalik o`z yurtini tark etib, Afg`oniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur 
    she’ryatida Vatan tuyg`usi, Vatan sog`inchi, unga qaytish umidi mav ura boshladi.
    Bobur o`zga yurtda shoh bo`lsa ham o`z ona yurtini sog`inib, qumsab yashagan va 
    ushbu ruboyisini yozgan:
    Tole yoqki boshimg`a balolig` bo`ldi 


    91 
    Har neyniki ayladim xatolig` bo`ldi 
    O`z yurtini qo`yib Hind sari yuzlandim
    Yo rab netayin, bu ne yuzi qarolig` bo`ldi.
    Zaxiriddin Muhammad bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir lashkarboshigina bo`lib 
    qolmay, balki shu bilan birga, buyuk shoir, adib, tarixchi olimdir.
    Ilm – ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan shoirilm o`z-o`zidan bunyod 
    bo`lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ega bo`la oladi deydi:
    Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak 
    Organgali ilm tolibi ilm kerak 
    Men tolibi ilmu tolibi ilm yo` 
    Men bormen ilm tolibi ilm kerak 
    Yaxshi xulq – atvor, kishilarga yaxshilik qilish ezgu xiclat va olijanob fazilatdir: 
    Xulqingni rost etgil har sorig`aki borsang 
    “Ahsanta” der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang 
    Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo`q, kim degaylar dahr aro qoldi, falondi 
    yaxshilig`.
    Bobur xalqimizning “qilmish –qidirmish” degan gapiga amal qilib, yaxshi kishi yaxshilik, 
    yomono kishi yomonlik ko`radi mazmunidagi misralarni bitadi.
    Shoirning lirikasidagi vatan ishtiyoqi, g`ariblikning hasrat va nadomat motivlari ham 
    bevosita uning murakkab hayoti va kurash yo`li, shodyona va alamli sargushatlari bilan 
    bog`liq.
    Bobur temuriylar sulolasining hukmronligini halokatdan qutqarib qolmoqchi bo`ldi, 
    biroq bunga erisholmadi. U Movaraunnahrda yirik mustahkam davlat vujudga keltirmoqchi 
    bo`ldi, biroq orzu-umidlari barbod bo`ldi.
    Ko`ngli tilagan murodga yetsa kishi 
    Yo barcha murodlarni tark etsa kishi 
    Bu ikki muyassar o`lmasa olamda 
    Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi
    Bobur Afg`oniston va Hindistonni egallab, katta imperiya qurdi. Biroq u umrining 
    oxiriga qadar tug`ilib o`sgan yurtidan-diyoridan ko`ngil uzolmadi, vataniga qaytish fikridan 
    kecha olmadi. U Afg`onistondaligida yor-do`stlariga yozgan bir ruboiynomasida:
    Beqayd mehu xarobi sim ermasman 
    Ham mol yig`itirur laim ermasman 
    Qabulda iqomat qildi Bobur dersiz 
    Andoq demangizlarki, muqim ermasman, degan edi 
    Mana shu kayfiyatlarning ifodasi sifatida uning bir qator mungli va alamli she’rlari vujudga 
    keladi. Quyidagi ruboiy shular jumlasidandir.
    Yod etmas emish kishibi g`urbatda kishi 
    Shod etmas emish ko`ngili mehnatda kishi 
    Ko`nglim bu g`ariblikda shod o`lmadi og 
    G`urbatda sevinmas emish albatta kishi


    92 
    Bobur yurtini qoldirib chet elga ketishini bir “xatolik’, “yuz qarolik’ deb biladi, bu 
    ishidan qattiq pushaymon bo`ladi.
    Bobur diyorini-vatanini ishtiyoq bilan sevadi.
    Demak bolajonlar bizlar ham o`z ona vatanimizni sevib, e’zozlab, qadriga yetib 
    yashashimiz kerak. Aziz bolajonlar endi buyuk bobomiz Z.M. Bobur ruboyilaridan 
    o`rganamiz va yod olamiz.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Buyuk alloma Z.M. Bobur Andijon farzandi. Maqsad

    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish