76
Bitiklarda boylanar
Bugun yoshu keksalar
Ishtiyoqda havasda
Baxor yashil nafasing
Tabiatga payvasta
Tarbiyachi: Bolajonlar biz o`tgan faoliyatimizda baxor fasli haqida suxbatlashganmiz, hozir
she’rimizning mazmunidan sezgan bo`lsangiz bugungi mashg`ulotimizda
ham baxor elchisi
bo`lgan boychechak haqida suxbatlashamiz.
Baxor faslida tabiatda o`zgarish bo`ladi, daraxtlar kurtak chiqaradi, maysalar unib
chiqadi, kunlar isiy boshlaydi, dalalarda baxorgi ishlar qizg`in boshlanib ketadi.
Baxor elchisi bo`lgan
boychechak, binafshalar ochiladi. Qir-adirlar, lolaqizg`aldoqlar
ochilib, atrof olam yamyashil bo`lib go`zal tusga kiradi.
Men maysaman, maysaman
Yerdan bosh ko`taraman
Olamga yozib gilam
Maysalarga burkanaman
Bolajonlar baxor fasli mayramlarga boy fasl.
Bolajonlar: 8-mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami” onajonlarimiz bayrami, 21- mart
“Navro`z” bayramlari nishonlanadi. Barchamiz bu bayramlarni untiqlik bilan kutamiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar baxor elchilaridan yana nimalarni bilasiz…. Ha albatta qushlar, ular
ham bahor fasli kirib kelishi bilan o`lkamizga
qaytib keladilar, bulardan qaldirg`och,
laylaklar.
Ayvonimga in quradi
Ayri dumli zo`r me’mor
Kuzda uchub janubga
Qaytib kelar har baxor
(Qaldirg`och)
Bu topishmog`imizning javobi qaldirg`och-a
Mana bolalar sizlar bilan baxor faslining go`zal fazilatlari haqida suxbatlashdik.
Baxor faslining ilk kunlaridan tabiatga albatta gullar chiroy qo`shib turar ekan.
O`zi qizil go`zal biram
Qirga yozar qizil gilam
(Lolaqizg`aldoq)
Ko`klam kelsa unadi
Oftob chiqsa kuladi
U baxorni elchisi
Buni hamma biladi
(Boychechak)
Sizlar bilan gullar haqida topishmoqlar o`rganib oldik. Bolajonlar bizlar momaqaymoqni,
boychechaklardan, binafsha gullaridan boshlarimizga gulchambarlar qilamiz. Buning uchun
bolajonlar muassasamizning bog`iga sayrga chiqamiz. Birgalikda
rang-barang gullardan
gulchambarlar yasaymiz, gullarni ranglarini aytamiz, Bolalar
gullarimizning qanday
ranglarda.
To`g`ri sariq, qizil, oq, siyoxrang, pushti rangda ekan
Gullar shakllari ham o`zgacha bo`ladi, gullarimizning rangi, shakli, chiroyiga chiroy qo`shib
turadi. Ozining hushbo`y xidlari bilan o`zgacha tarovat taratib turadi.
Kelinglar bolajonlar endi “Gullar va asalarilar” o`yinini o`ynaymiz.
Viz-viz uchamiz
Gul shoxiga qo`namiz
Ox gul xidi
Shundayin yoqimli deb gullarga qo`nib gullarni xidlaymiz.
77
Bu o`yinda qizlarimiz gullar, o`g`il bolalarimiz asalarilar bo`ladi.
O`yinni 2-3 marta takrorlaymiz.
Bolalar kelinglar endi bog`imizdagi daraxtlarni kuzatamiz. Daraxtlarda ham
o`zgarishlar sezyapsizlarmi bolajonlar. Ha to`g`ri daraxtlar kurtak chiqargan,
voy mana bu
yerda bodom daraxti gullabdi. Yodinglarga tushdimi demak birinchi bo`lib bodom daraxti
gullar ekan. Qarang bolalar bodom gullarining qanday chiroyli ekanligini. Bolajonlar bodom
daraxtidan so`ng o`rik, gilos, shaftoli va boshqa daraxtlar gullaydi. Bolajonlar gullarimiz
go`zal baxor faslimizni tarannum etuvchi she’rlardan aytib beramiz.
Kim chiroyli ifodali
aytsa anna shu bolaga sovg`amiz bor.
Muslimaxon she’r aytib berar ekan, bolalar hammamiz birgalikda tinglaymiz.
Lola
Lola bog`chaga chiqib
Kechka qadar gul terar
Etak-etak to`plaid
Har kungidan mo`l terdi
Sochiga gul bog`ladi
Chakkasiga taqdi gul
Yelkalaridan tashlab
Gulag ko`mildi butkul