• E’tiborga molik jixati”
  • Tarbiyachi
  • -Mavzu: Onalar bayrami  Maqsad




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/121
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #124460
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   121
    Bog'liq
    Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

    50-Mavzu: Onalar bayrami 
    Maqsad: Bolajonlar so`z boyligini oshirish, so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, ona 
    eng aziz inson ekanligini tushuntirish. Ular farzandi dunyoga keltirishini, umr bo`yi farzand 
    deb yashab o`tishlarini uqitirish. Onalar gapirganda “Labbay’, “Xo`p bo`ladi” deyish, ularga 
    har doim salom berishni kanda qilmaslik, nasixatlarga quloq solish, ularni xurmat bilan 
    o`rnidan turib kutib olishga o`rgatish. 
    E’tiborga molik jixati” Onalarni suxbatini bo`lmaslik, qilayotgan ishlariga ko`maklashish, 
    ruxsatsiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg`on gapirmaslik lozimligini tushuntiriladi.
    Kerakli jixozlar: Mavzuga oid suratlar, videoroliklar. 
    Faoliyatning borishi:
    Tarbiyachi: onalar bayrami “Ona muqaddas” mavzusida videorolik bilan faoliyatni 
    boshlaydi.
    Bolalar, baxor faslida 8-mart “Onajonlar bayrami”, 21-mart “Navro`z” bayramini 
    nishonlaymiz.
    Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar, bu bayramlar bizning eng sevimli va milliy bayramlarimiz 
    xisoblanadi. Bugun biz sizlar bilan 8-mar “Onajonlar bayrami” haqida suxbatlashamiz. 
    Bolajonlar biz onajonlarimizni yaxshi ko`ramizmi? 
    Bolalar: Ha juda yaxshi ko`ramiz 
    Tarbiyachi: Bolajonlar biz albatta onajonlarimizni, bizni yorug` dunyoga keltirib, oq yuvib, 
    oq taragan, o`z umrini farzandlariga baxshida etib, kechalari allalar aytib, tunlari bedor 
    o`tkazgan munis zotlarni har qancha sevsak, ardoqlasak ham kam. Ularni biz uchun aytgan 
    allari ham yoqimli. 
    Bola: Yoqimli shirin biram 
    Onajonim allasi 
    Dilga baxsh etar orom 
    Onajonim allasi 
    Uxla, uxla bolam der 
    Sen suyangan tog`im der 
    Gulga to`ldir bog`im der. 
    Tarbiyachi: Ho`sh, bolajonlar, endi bir qo`l bilan dunyoni, bir qo`l bilan beshikni tebratgan 
    mexribonlarimiz haqida nimalar deymiz?
    Bolalar: Ona aziz, ona ulug` 
    Onalar bir qo`li bilan dunyoni, bir qo`li bilan beshikni tebratadi 
    Ona quyosh ularning mexri, tafti hech qachon sovimaydi. 
    Onaning achchiq so`zi, farzandning aql ko`zini ochadi. 
    Dunyo tor bo`lganda ham onaning bag`ri keng. 
    Ona bilan bola bola gul bilan lola 
    Bolaning barmog`i og`risa onaning yuragi achishadi.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   121




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish