70
Bolalarga suhbatda faol ishtirok etish, tinglash,o`rtoqlari javobini bo`lmaslik, bir-biriga
o`zaro xurmatini tarbiyalash.
Kerakli jixoz va materiallar: Bahor fasliga oid rasimlar, tabiat hodisalari aks ettirilgan
rasmlar, tabiat mo`jizalari haqidagi video roliklar, rag`bat tasmalar.
Faoliyatning borishi: “Davomini ayt”, ta’limiy o`yin orqali faoliyatni boshlash va quyidagi
savol javoblarini o`yin orqali o`tkazish.
Tarbiyachi: bolalar o`lkamizga qaysi fasl tashrif buyurdi
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Baxor faslida kunlar qanday bo`ladi.
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Baxor faslida qanday bayramlarni nishonlar ekanmiz
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar
Bolalar baxor fasli kelishi bilan dalalarda dexqonlar mexnati boshlanadi. Baxorning ilk
kunlaridan boshlab dehqonlarimiz yerga ishlov berib, milliy boyligimiz bo`lgan paxta ekini,
sabzavot ekinlarini ekish uchun xozirlik ko`radilar. Qishning qorlari yerdan baxorning tafti
kelishi bilan eriy boshlaydi.