74
Bola: So`zlari bor durdona
Mehnatda eng mardona
Olam ichra yagona
Sizsiz ey aziz ona!
Tarbiyachi: Bolajonlar onalarimiz biz uchun eng aziz mexribon inson. Barchangiz
onalaringizni sog`-omon bo`lishini istasangiz kerak to`g`rimi?
Bola: Ona hayot osmoni
Yorqin quyosh bo`lib charaqlar
Farzand uchun kerak bo`lsa u
Xatto cho`g`ni kaftida saqlar
Bormi bu dunyoda onadan aziz
Ona bilan har bir xonadon aziz
Tarbiyachi:
Bolajonlar sizlar biron joyda borishda onajonlaringizdan beruxsat
bormasligingiz, yolg`on so`zlamasligingiz lozimdir. Biror
joyga ruxsatsiz ketsak
onajonlarimiz
havotirga tushadi,
bizni qidiradi, onalarning yuragi bezovtalanadi.
Shuning
uchun ham ulardan biron joyga boorish uchun ruxsat so`rab borish kerak.
Hozir men sizlarga Salimjon degan bolaning onasiga qanday yolg`on so`zlaganligi
haqida
videorolikni ko`rsatib beraman.
Bolalarga videorolik asosida savollar berish
1. Bolajonlar Salimjon to`g`ri ish qildimi?
2. Onasiga nima deb yolg`on gapirdi?
3. Salimjon nimka uchun yolg`on gapirdi?
4. Onasi Salimjonni yolg`on so`zlaganini qanday bilib qoldi?
5. Onasi nima uchun Salimjonga siniq xo`rozqand berdi?
6. Agar sizlar salimjonning o`rnida bo`lganizda nima qilgan bo`lardingiz?
Mana bolajonlar onalarimizga yolg`on so`zlashish bizni doim uyaltirib qo`yadi. Biz odobli va
tog`ri so`z bo`lsak ota-onamizga doim rahmat olib kelamiz.