• E’tiborga moyil jixat
  • Mening jonajon O`zbekistonim




    Download 219.35 Kb.
    bet5/118
    Sana20.09.2022
    Hajmi219.35 Kb.
    #26129
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
    Bog'liq
    Mening jonajon O`zbekistonim (2)
    Elektronika va sxemalar fanidan yakuniy nazorat test, Gaz balonli avtomobil dvigatellarining ta’minlash tizimini tuzil, Ta\'lim muassasalarida psixologning psixologik diagnostika faoliyati1, deutsch nemis tili qo\'llanma, Herbert wells tuliq tayormas, 8 mart FARRUX, Бухоро шахар хокими И1, ZAMONAVIY OPERATSION TIZIMLAR TAHLILI., иняз ЯКУНИЙГА, elektr 3, 5-sinf, 6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 1-5-& testi, 5-sinf o\'quvchi daftari, Mavzu4 (2)
    E’tiborga molik jixat: O`z oilasi haqida gapira oladi. Kasblarni aytib beradi. Faoliyatlar orqali oilasini hurmat qilishga o`rganadi.


    4-mavzu: Men va Mening do`stlarim


    Faoliyatmaqsadi: Bolalarni o`rtoqlik, do`stlik haqida tushunchalarini aniqlash. Maqollar mazmunini rasmlar orqali ifodalash. Bolalarda insonparvarlik fazilatlari: axillik,mehribonlik,g`amxo`rlik va bir-birini hurmat qilish ruhida tarbiyalash.


    E’tiborga moyil jixat: Do`stlar qanday bo`lishi kerakligini tushunadilar.


    Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rangli rasmlar, tasviriy faoliyat faollik markazi.


    Faoliyat borishi:


    Tarbiyachi: Bolalar do`stlik, o`rtoqlik deganda nimani tushunasizlar?
    (Bolalar javobi)


    Tarbiyachi: To`g`ri bolalar, guruhimizdagi bolalar bilan ahil bo`lib, o`ynash, bir-biringizga o`zaro yordam berish, ko`maklashish bu o`rtoqlik, do`stlik deyiladi. Bugun sizlar bilan do`stlik haqida maqollar o`rganamiz.

    “Axl bo`lsang, bo`lmaysan baxl”. Bu maqolni mana bu surat orqali o`rganamiz.


    - Bolalar nima qilyaptilar? (bolalar surat mazmunini aytib beradilar).
    - Qaysi bolalarning xatti-harakatlari sizlarga yoqmadi? (Nima uchun?)
    - Ularni qanday atash mumkin? (qizg`anchiq)
    - Ular to`g`ri ish qildilarmi?
    - Do`stlar qande bo`lishi kerak?.

    Bolalar javoblari tarbiyachi tomonidan to`ldiriladi. Do`stlar bir-birlarini hurmat qilishlari, mehribon bo`lishlari, og`ir kunlarida yordam berishlari kerak bo`ladi. Do`stlar inoq bo`lganida ko`zlagan maqsadlariga erishadilar. Suratdagi bolalarga qaranglar, ular axil bo`lib o`ynaganlari tufayli o`zaro fikrlashib, o`ylashib, buzilgan mashinani tuzatdilar. Qizg`anchiqlik qilgan o`rtoqlarini shirin muomila qilib, qizg`anchiqlik yo`lidan qaytardilar. Haqiqiy do`stni ishini qildilar.


    Bolalar, surat mazmunidan qanday xulosa qilamiz?. Surat mazmuni maqolga mosmi? Do`stlik haqida qanday maqollarni bilasizlar? Tarbiyachi maqollar mazmunini yoritib beradi.


    Do`st bilan obod uying, gar uying vayrona bo`lsa ham.


    Do`stlik sinovda bilinadi.
    Do`st ming bo`lsa ham oz,
    Dushman bir bo`lsa ham ko`p.
    Do`stlik barcha boylikdan afzal.

    Kelinglar endi sizlarga do`stlik haqidagi “Yaxshilik yerda qolmas” hikoyasini aytib beraman.


    Bir ari suv ustida borar edi. Birdan suvga yiqilib ketti. Qanotlari xo`l bo`lib, ucharga kuchi yetmadi. Buni kabutar ko`rib, ariga raxmi keldi, darhol bir cho`pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho`pni kema qilib, suv balosidan qutuldi. Oradan ko`p o`tmadi. Bir bola tuzoq qoyib, kabutarni tutmoqchi bo`ldi. Ari buni ko`rgan zamon kelib, bolaning qulog`ini chaqdi. Bola qulog`ining alamidan tuzoqni tashlab, qulog`ini ushladi. Kabutar vaqtni g`animat bilib, uchib ketib, tutqunlikdan qutuldi.


    Bolalarga hikoya asosida savollar beriladi va tarbiyachi tomonidan to`ldiriladi.



    Download 219.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




    Download 219.35 Kb.