• Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori.
  • Li; Cs; K; Ca; Na; Mg; Al; Mn; Zn; Cr; Fe; Ni; Sn; Pb; H 2 ; Cu; Ag; Hg; Au;
  • Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori




    Download 25,22 Kb.
    Sana14.11.2020
    Hajmi25,22 Kb.
    #12453


    11-son maktabning kimyo fani

    o’qituvchisi Sodiqova Manzuraning “Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori” mavzusida o’tkazgan



    bir soatlik ochiq darsiga yozgan








    Mavzu: Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori.
    Dars maqsadi:

    Ta’limiy: mavzu asosida nazariy bilim berish.

    Tarbiyaviy: o’quvchilarda mustaqil ishlash, jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarini hosil qilish.

    Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, ekologik tarbiya berish.

    Dars turi: Noan’anaviy.

    Dars uslubi: og’zaki bayon qilish, guruhlarda ishlash, intervyu o’yini, klaster o’yini.

    Darsni jihozlanishi: standart ko’rgazma, har-xil plakatlar, kompyuter.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism 3 daqida.

    2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa.

    3. Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa.

    4. Mustahkamlash 10 daqiqa.

    5. Uyga vazifa berish 2 daqiqa.
    1. Tashkiliy qism: O’qituvchi ingliz tilida salomlashadi, navbatchini aniqlaydi, yo’qlama qiladi.

    2. O’tilgan mavzu klaster, intervyu o’yinlari orqali mustahkamlanadi. Klaster o’yinida o’quvchilar guruhlarga bo’linadi va har guruhdan 2 tadan jami 6 ta o’quvchi doskaga chiqadi. Ularga metallar va ular haqida ma’lumot yozish topshirig’i beriladi. Eng ko’p ma’lumot yozgan guruh g’olib hisoblanadi va ular rag’batlantiriladi.

    Intervyu o’yinida esa 2 tadan o’quvchilar chiqib savol-javob qiladilar. O’yin 1 ta o’quvchi bilmay qolguncha davom ettiriladi. Bu o’yinda ham guruhlardan chaqqonlik, epchillik talab etiladi. Shu usulda o’qituvchi o’tilgan mavzuni mustahkamlaydi.

    3. Yangi mavzu bayoni: Metallarning kimyoviy xossalari ular atomlarining valent elektronlar oson berib, tegishli ionlarga aylanish qobiliyatlari bilan aniqlanadi. Kimyoviy reaksiyalarda metallarning atomlari qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Masalan, kislarodda yonish jarayonida metal valent elektronlarini berib, musbat zaryadli ionga aylanadi-oksidlanadi, kislarod esa elektronlarni qabul qilib, manfiy zaryadli ionga aylanadi-qaytariladi:

    M-ne →M+n nO2+4ne→2nO-2

    4M+nO2→2M2On

    Natriy xlor bilan birikkanda elektronlarni xlorga beradi, rux sulfat kislata bilan ta’sirlashganda, uning bergan elektronlarni vadorod qabul qiladi.

    Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori. Metallarning qaytaruvchanlik xossasi turlicha namoyon bo’ladi. Rux qo’rg’oshin nitratidan qo’rg’ashinni siqib chiqaradi:

    Zn+Pb(NO3)2→Pb↓ +Zn(NO3)2

    Lekin, Qo’rg’oshin xuddi shu sharoitda nitratidan ruxni siqib chiqara olmaydi. Demak, rux qo’rg’oshinga nisbatan kuchli qaytaruvchi. Qo’rg’oshin esa o’z navbatida misni uning tuzlaridan siqib chiqaradi, demak undan ko’ra kuchliroq qaytaruvchidir.

    Bir metallni boshqa metallar ularning birikmalaridan siqib chiqarish qobiliyatini rus olimi N.N.Beketov batafsil o’rgangan. U metalni “siqib chiqarish qatori”ga joylashtirdi va ularning orasida vodorodning o’rnini ko’rsatib berdi. Hozirgi vaqtda bu qator metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori yoki metallarning standart elektrod patensiallari qatori deb ataladi.

    Har bir metall o’zidan keying metallni uning tuzlari eritmasidan siqib chiqaradi. Vodorodgacha chap tomondan joylashgan metallar uni kislatalar eritmalaridan siqib chiqaradi (litiy va magniy orolig’idagi metallar vodorodni suvdan odatdagi haroratda siqib chiqaradi). Vodoroddan keyin o’ng tarafda turgan metallar uni kislatalarning suvli eritmalarida siqib chiqara olmaydi. Metall atomi o’zining valent elektronlarini qanchalik oson bersa, u shunchalik kuchli qaytaruvchi hisoblanadi.

    ← Oddiy moddalar qaytaruvchilik xossalarining kuchayishi,



    Li; Cs; K; Ca; Na; Mg; Al; Mn; Zn; Cr; Fe; Ni; Sn; Pb; H2; Cu; Ag; Hg; Au;

    Gidratlarda ionlar oksidlovchilik xossalarining kuchayishi, →

    Bu qatordan foydalanib, kimyoviy reaksiyalarni amalga oshiramiz. Masalan, kaliy reaksiyalarda vodorodni eritmadan siqib chiqarib biladi:

    2K+2HCL→2KCl+H2

    Mis esa siqib chiqara olmaydi:

    Cu+HCl≠


    4. Mustahkamlash: Tezkor viktorina o’yini o’ynatiladi. Bunda o’qituvchi davriy sistemadagi elementlarni tez-tez ko’rsatib turadi. O’quvchilar esa ularni metall va metallmaslarga ajratishlari kerak. Kompyuterda ham o’qituvchi davriy sistemani ko’rsatib undan metallar haqida ma’lumotlarni o’quvchilarga ko’rsatadi.

    5. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish va metallar qatnashgan reaksiya tenglamalaridan yozib kelish.
    Download 25,22 Kb.




    Download 25,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori

    Download 25,22 Kb.