138
Rangli ma‘danlarni ajratib olish kerak bo‗lgan ma‘danlarning
rudadagi
miqdoriga qarab, ularni polimetall (ko‗p ma‘danli) hamda monometall (bir
ma‘danli) rudalarga ajratamiz. Monometall deganimizda, ajratib olish uchun qazib
olingan rudaning tarkibida bitta ma‘dan bo‗lib, texnologik jarayon fakat o‗sha
rudani qayta ishlash uchun muljallangan bo‗ladi. Polimetalli ruda qazilma
konlarida juda ko‗p joylashgan bo‗lib, ko‗p hollarda o‗ntagacha, ayrim hollarda
o‗ntadan ortiq bo‗lgan ma‘danlarni o‗zida
biriktirib, shulardan ko‗pchiligini
texnologiya jarayoni bo‗yicha ajratib olish, olinayotgan iqtisodiy samarani
oshiradi. Biz ko‗rib chiqayotgan mis rudasi ko‗pincha mana shu guruhga mansub
bo‗lib, uning tarkibida mis
bilan nikel, kobalt, oltin kumush yoki mis ruxli, unga
qo‗rhoshin, kadmiy, goxan mis molibdenli unday hollarida unga volfram, oltin,
reniy kabi unsurlar bilan birgalikda uchrab turadi.