• Butun yuza bo„yicha bajariladigan fundamentlar
  • 5.4.3. Pechlarning korpusi
  • Pechlarning asosiy qismlari




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Pechlarning asosiy qismlari. Metallurgiyada qo‗llaniladigan pechlarning 
    asosiy elementlaridan biri, uning asosi fundamentidir. Pechlarning fundamenti 
    statik va dinamik kuchlarga bardosh beradigan bo‗lishi kerak. Statik kuchlarga 
    pechlarning devorlari, ishchi va hamma metalldan tayyorlangan qismlar kiradi. 
    Dinamik kuchlarda esa, pechlarga shixta material solganda, eritish jarayoni 
    davomida hosil bo‗ladigan, tayyor mahsulot olinayotganda va pechlarning o‗zi 
    harakatlanayotganda hosil bo‗ladigan kuchlanishlar inobatga olinadi. 


    131 
     
    13-rasm. Metallurgik pechlarning fundamentlarining turlari 
    Pechlar fundamentlari turli konstruksiyada bo‗lib, ularning asosiylari: 
    a) butun yuza bo‗ylab; 
    b) tasma shaklida, ya‘ni ensiz, uzun plitalar holida; 
    d) alohida-alohida blok plitalar holida tayyorlanadi. 
    Butun yuza bo„yicha bajariladigan fundamentlar - asosan yallig‗ 
    qaytaruvchi, marten va boshqa shu kabi pechlar uchun qo‗llaniladi, bunday pechlar 
    tagining sovishi maqsadga muvofiq emas. 
    Tasma shaklida va bloklar holida tayyorlangan fundamentlar esa aksincha 
    tagi sovitiladigan pechlar (masalan, metall boyitma eritiladigan pechlar) da 
    qo‗llaniladi. 
    Pechlarning fundamentini tayyorlashda xarsangtoshlardan, beton, qurilish va 
    o‗tga chidamli g‗ishtlar, hamda chiqindi shlaklardan foydalaniladi.
    Eritish pechlarini qurishda uning atrofiga suv to‗planishiga nihoyatda ehtiyot 
    bo‗lishi shart. Suv to‗planishi natijasida portlash, pechlarning yyemirilishi va 
    ishchilar jarohatlanishi mumkin. Shularning oldini olish maqsadida pechlar suv 
    o‗tgan inshootlardan (suv quvuri, kanalizatsiya) yiroqda quriladi, shuningdek 
    pechlar-ning atrofiga drenajlar quriladi. 
    5.4.3. Pechlarning korpusi 
    Pechlarning asosi futerovkadan, (o‗tga chidamli g‗ishtlardan terilgan devori) 
    tashqi mahkamlagichdan, xomashyo solinadigan va tayyor mahsulot olinadigan 
    hamda gazlar harakatlanadigan yo‗ldan tashkil topgan. 


    132 
    Pech asosining mahkamlagichlari pechlarning turiga qarab, alohida-alohida 
    metalldan tayyorlangan, metall belbog‗lar holida yoki pech asosini to‗la qoplagan 
    metall qobig‗dan iborat bo‗ladi, (14 - rasm). 
    Qoplamaga ishlatiladigan metall listlarning qalinligi 8mm dan 30 mm ga 
    boradi. 
    To‗g‗ri to‗rtburchak shaklidagi pechlarning shipi yarim yoy shaklida 
    quriladi, sabab pechdagi issiqlik nuri eritilayotgan mahsulot tomon yo‗naltirishdir. 
    Shuning uchun pechlar shipini tayyorlash katta javobgarlikni talab qilib, yoyni 
    qurishda unga tushadigan tayanch kuchi P quyidagi formula orqali hisoblanadi: 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish