143
Melxior – mis nikel qotishmasi bo‗lib, tarkibida 18-20% oralig‗ida
nikel
bo‗ladi. Bezaklovchi qotishmalar turiga kiradi va yoqimli kumush rangida
tovlanadi. Korroziyaga mustahkamligi yuqori. Plastikligi yaxshi bo‗lganligi
sababli: shtamplab,
zarb etilib, kesilib, kavsharlanib va jilolanib mahsulot
tayyorlashda keng foydalaniladi. Melxiordan tayyorlangan mahsulotlarning
mustahkamligi yuqori bo‗ladi. Melxiorning zichligi 8,9 g/sm
3
atrofida,
erish
harorati 1170
o
C.
Melxiorning xususiyatlari – kumushning xususiyatlariga o‗xshash
bo‗lganligi sababli, melxiordan katta miqdorda oshxona anjomlari va arzon
taqinchoqlar tayyorlanadi.
Neyzelber – mis asosidagi, uch qo‗shimchali qotishma bo‗lib,
tarkibida
misdan tashqari, 13,5-16,5% nikel va 18-20% rux bo‗ladi. Ko‗rinishi jihatidan
melxiorga ancha o‗xshash, lekin melxiorga nisbatan arzon. Yetarli darajada plastik,
oquvchan, mustahkam va korroziyaga chidamli. Zichligi 8,4 g/sm
3
,
erish harorati
1050
o
C.
Melxior singari, nezelber ham, oshxona anjomlari,
arzon taqinchoqlar va
filligranli buyumlar uchun keng miqdorda qo‗llaniladi.