Misning xomashyolarini boyitish texnologiyasi




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/158
Sana11.12.2023
Hajmi3,39 Mb.
#115552
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158
Bog'liq
pdf (2)

6.1.3. Misning xomashyolarini boyitish texnologiyasi
Mis rudalarini to‗g‗ridan-to‗g‗ri eritish, qayta ishlash doimo iqtisodiy 
samara beravermaydi. Shuning uchun mis rudalari boyitilgandan keyingina 
boyitmani qayta ishlashga mo‗ljallangan.
Mis boyitmasini olish uchun, asosan, saylanma (selektiv) flotatsiya usuli 
keng qo‗llanib kelinmoqda. Mis rudasi xoh ochiq, xoh yopiq usulda qazib 
olinmasin, mis boyitish fabrikasiga temiryo‗l vagonlarida yoki avto-mobil 
transportlari orqali keltiriladi. Keltirilgan rudalar bar xil hajm va shaklda bo‗ladi. 
Shuning uchun ular maydalagich va tegirmonlarda maydalanib saralanadi. 
Maydalash va yanchish jarayoni bir necha bosqichda, bir necha xil turlardan 
iborat bo‗lgan tegirmon va maydalagichlarda olib boriladi. Birinchi bosqichda 
300-1500 mm li ruda kelib tushadi va jag‗li, konusli maydalagichlarda 
maydalanib, 100-300 mm ruda holiga keltiriladi. So‗ng ikkinchi bosqichga o‗tiladi. 


144 
Unda ruda 100-300 mm dan 10-50 mm gacha jag‗li maydalagichlar yordamida 
maydalanadi va bu jarayon o‘rta maydalash jarayoni deb ataladi. Keyingi jarayon 
kichik maydalash jarayoni. Ruda qisqa konusli, sterjenli maydalagichlar orqali 3-
10 mm gacha maydalanadi. Shundan so‗ng zalvorli, sterjenli tegirmonlarda 0,05-
2,0 mm, hatto bundan ham mayda holigacha yanchiladi. Bu maydalash 
bosqichlaridan so‗ng rudalar boyitish jarayoniga o‗tiladi, ya'ni boyitish flotatsiya 
yoki gravitatsiya usullari orqali olib boriladi. Bu usullarda jarayonni tezlatish, 
yengillatish uchun organik va anorganik reagentlardan foydalaniladi. Ishlatilish 
yo‗nalishiga qarab, flotatsiya uchun qo‗llaniladigan reagentlar quyidagi turlarga 
bo‗linadi: yig‗uvchilar, ko‗pik hosil qiluvchilar, tazyiqlagichlar, faollashtiruvchilar 
va muhitni me'yorlovchilar. 
Yig‗uvchilar - bular belgilangan mineral zarralarini suv bilan ivitib saralab 
olishga, yig‗ishga asoslangan. Bular ko‗proq qalayli, kam hollarda natriyli 
ksantogenatlar bo‗lib, ular zarrachalarning havo pufakchalariga yopishishini 
ta'minlaydi. 
Ko‗pik hosil qiluvchilar - asosan alifatik spirtlar, fenollar, krezol va 
boshqa shunga o‗xshash sintetik mahsulotlarni o‗z ichiga oladi. Ular suyuq- 
lik va havo chegarasidagi fazalar orasidagi tortishish kuchini kamaytiradi. 
Bu esa havo pufakchalarining o‗ta mayda bo‗lishini ta'minlaydi va ko‗pin- 
cha mustahkam va barqaror qiladi. 

Tazyiqlagichlar - olinmoqchi bo‗lgan mineralni flotatsiya mobaynida ushlab 
qolib, tazyiq o‗tkazish orqali ko‗proq namlab, minerallarni bo‗ktirishga xizmat 
qiladi. 
Muhitni me'yorlovchilar - ularning fizik va kimyoviy xossalarini bilgan 
holda muhitni kerakli me'yorda saqlash uchun qo‗llaniladi. Flotatsiya jarayonida 
reagentlarning qay tarz va usulda ishlatilishi belgilab qo‗yiladi. 
Boyitish natijasida boy bo‗lgan boyitma (tarkibidagi Cu - 15-20 %; S-28-
32% va hokazo) hamda asosi nokerak tog‗ jinslaridan iborat bo‗lgan tashlanma 
chiqindi, bo‗tana loyqa holda maxsus joyga quvurlar orqali suyuq holatda 
chiqarib yuboriladi. Tindirilgan suv orqaga, sanoatga, xususan, flotatsiyaga 


145 
qaytariladi. 4-jadvalda ayrim rivojlangan mamlakatlarning zavodlaridagi 
boyitmalarning flotatsion tarkibi berilgan. 
Elash I 
Elash II 
Elash III 
Yanchish 
Klassifikatsiya 
Nazorat flotasiya 
Tozalash I 
Tozalash II 
Boyitma 
Quyultirish 
Maydalash I 
Maydalash II 
Maydalash III 
Chindi 
Filtrlash 
Quritish 
Mi
ne
ra
l za
rr
ac
ha
la
rning yuz
asini
oc
hish
Mi
ne
ra
l za
rr
ac
ha
la
rning 
ajra
li
shi
B
oyit
mani qa
yta 
ishl
as

ishl
as


Download 3,39 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Misning xomashyolarini boyitish texnologiyasi

Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish