158
jo‗mrak orqali chiqarib yuboriladi. Rudadan metall to‗liq eritmaga o‗tmagan
bo‗lsa, chan yangi eritma bilan to‗ldiriladi.
Tanlab eritish tamom bo‗lgandan so‗ng, qattiq faza toza suv bilan bir necha
marta chayiladi. Qoldiq channing tubidagi maxsus tuynuk orqali chandan chiqarib
yuboriladi. So‗ngra yangi ruda bilan to‗ldiriladi.
Bu usulda jarayonni olib borish uchun
qayta ishlanadigan xomashyoda,
tuproq, il (suspenziya holatdagi zarrachalarning yig‗indisi), mayda zarralarning
mavjudligiga yo‗l qo‗yilmas edi.
Shu sababdan, tanlab eritish jarayonidan avval
yanchilgan ruda sinflarga bo‗linardi. Sinflash jarayonining
yirik mahsulotlari
sizdirib o‗tish yo‗li bilan qayta ishlanardi, illar esa chiqindixonaga tashlanardi.
Illarda asosan mayin oltin zarrachalari bo‗lgani sababli ular yo‗qolib
ketardi va
oltinni ajratib olish darajasi past qiymatlarga ega bo‗lar edi.
Gidrometallurgiya dastgohlarning takomillashishi bilan oltin ishlab chiqarish
sanoatida qayta ishlashda tarkibida mayin oltin bo‗lgan rudalar qo‗llana boshlandi,
bunda rudaning hammasi birgalikda tanlab eritiladi. Bu jarayonning nomi ―to‗liq il
jarayoni‖ deb nomlandi.