Tanlab eritish dastgohlari




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/158
Sana11.12.2023
Hajmi3,39 Mb.
#115552
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158
Bog'liq
pdf (2)

Tanlab eritish dastgohlari. Uzluksiz tanlab eritishda, odatda, pnevmatik 
aralashtirgichli agitator - ―pachuk‖ qo‗llaniladi. Pachuk zanglamaydigan po‗lat 
yoki temir betondan tayyorlangan silindr shaklidagi chandir. Chan ichki yuzasi 
qo‗rg‗oshin yoki kislota ta‘sir kilmaydigan keramika bilan futerlangan (himoya 
qilingan). Channing balandligi 6-10 m, diametri 3-4 m, ishchi hajmi 40 – 100 m
3

Channing markaziga vertikal truba - aerolift o‗rnatilgan. Bu truba orqali 0,2 – 0,25 
mPa bosimda havo beriladi. Havo bo‗tana bilan aralashib engil aralashma hosil 
qiladi va tepaga og‗ir bo‗tana bilan siqib chiqariladi. Aeroliftning tashqari 
tomonidan og‗ir, havo bilan to‗yinmagan bo‗tana pastga harakatlanadi, buning 
natijasida pachukda aralashtirish amalga oshiriladi va tanlab eritish reaksiyalari 
tezroq boradi.
Tanlab eritishning kerakli davomiyligini mavjud qilish maqsadida birin-ketin 
o‗rnatilgan bir necha pachuklar o‗rnatiladi. Dastlabki bo‗tanani birinchi pachukka 
yuklanadi, oxirgi pachukdan esa bo‗tanani quyuqlashtirgichga yuboriladi.
Davriy tanlab eritishda jarayon mexanik aralashtirgichli agitatorda olib 
boriladi. Uning hajmi 150 m
3
gacha bo‗ladi. Aralashtirish agitatorda kislotaga 
bardosh beradigan po‗latdan yasalgan impeller (aralashtirgich) bilan amalga 
oshiriladi. Agitatorlarga isitish moslamasi o‗rnatiladi.
Kuydirilgan rux boyitmasini tanlab eritishda olingan bo‗tana qattiq va suyuq 
fazalarga ajratiladi. Fazalarni ajratish uchun quyuqlashtirish va filtrlash jarayonlari 
qo‗llaniladi. 
Quyultirish jarayoni ―quyultirgich‖ deb nomlanuvchi dastgohlarda amalga 
oshiriladi. Quyultirgich diametri 10-18 m va balandligi 4-5 m bo‗lgan temir 
betondan yasalgan chandir.
Quyultirgichda qattiq moddalar cho‗kadi va moslamadan chiqariladi. 
Bo‗tanani suyuq fazasi channi yuqori qismdan chiqarilib bo‗lajak texnologik 
jarayonlarga yuboriladi.
Quyuqlashtirish jarayonini jadallashtirish maqsadida bo‗tanaga poliakrilamid 
(PAA) qo‗shiladi. Poliakrilamid mayda zarrachalarni kattalashtirib og‗ir 
flokulalarga o‗tkazadi. Tarkibida qattiq moddalar yo‗q tindirilgan eritma 


177 
tozalashga yuboriladi. Quyultirilgan bo‗tananing S:Q nisbati 2:1 teng. 
Quyultirilgan bo‗tana filtrlashga yuboriladi.

Download 3,39 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish