Metallurgiya




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/158
Sana11.12.2023
Hajmi3,39 Mb.
#115552
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   158
Bog'liq
pdf (2)

metallurgiyasi deyiladi.
Temirning uglerod va boshqa elementlar bilan deformatsiyalanadigan 
qotishmasi po‗lat deyiladi. Po‗lit tarkibiga uglerod, marganes, kremniy, 
oltingugurt, fosfor kiradi. Maxsus xususiyatla po‗lat olish uchun metallga 
ligerlaydigan qo‗shimchalar qo‗shiladi: xrom, nikel, molibden, folfram, mis, 
neobiy, vanadiy va boshqalar, hamda ko‗p miqdorda marganes va kremniy.
Temini sof holatda olish qiyin va qimmat jarayon hisoblanadi. Sof holatdagi 
temir juda ham qimmat. U faqat maxsus maqsadlarda ishlatiladi. Odatda texnika va 
xo‗jalikda po‗lat ishlatiladi.
Po‗lat tarkibiga kiradigan asosiy qo‗shimcha bu uglerod. Uglerod ko‗p 
jihatdan po‗latning xususiyatini aniqlaydi. Uning miqdoriga qarab uglerodli temir 
qotishmalarini po‗lat va cho‗yan ga ajratiladi. Temirning uglerodli qotishmasida 
1,7 

2% gacha uglerod bo‗lsa po‗lat, undan yuqori bo‗lsa (1,7 dan 2,8

3 % 
uglerod bo‗lsa po‗latli cho‗yan , 3% dan yuqori bo‗lsa oddiy Cho‗yan ) Cho‗yan
deb ataladi.


181 
Po‗lat 
yuqori 
haroratda 
plastik 
holatda 
bo‗ladi. 
Qizdirilganda 
bolg‗alanuvchan, prokatlanuvchan bo‗ladi. Cho‗yan bunday xususiyatlarga ega 
emas. Hozirgi kunda 1,2% dan yuqori bo‗lmagan uglerodli po‗lat, 3,5

4,5% 
uglerodli cho‗yan quyiladi.
Zamonoviy metallurgik texnologiyaning rivojlanish, erituvchi agregatdan 
yordamchi agregat yoki maxsus jihozlangan kovsh yordamida yuqori sifatli metall 
olish bilan xarakterlanadi. Erituvchi dastgohlarning roli asosan aniq bir tarkib va 
haroratdagi suyuq yarim mahsulot olishdadir. So‗nggi vaqtlarda yirik konverter, 
marten yoki elektryoyli pechlarida sifatli po‗lat olish texnologiyasini sezilarli farqi 
aniqlanmoqda, ayniqsa agar ushbu agregatlarda qo‗shimchalarning oksidlanishi 
vannani kislorod bilan purkash orqali amalga oshirilsa.
Turli rivojlangan mamlakatlardagi ba‘zi zavodlarda suyuq po‗latning sifatini 
oshirish maqsadida agregetlar konstruksiyasining yangi variantlari yaratilmoqda. 
yangi jarayonlar va amaldagi jarayonlarning turli xillari paydo bo‗lmoqda. Ammo, 
sifatli po‗lat ishlab chiqarish texnologiyasining umumiy prinsipi yagonadir.
Turli usullar bilan quyilayotgan po‗latlar orasidagi farq o‗zgarib turadi. 
Hozirgi vaqtda quyidagi asosiy usullar mavjud: kislorod-konverterli (50% dan 
yuqori), elektr po‗lat quyuvchi (taxminan 20%) va marten pechlari (

30%dan 
kam).
Hozirgi vaqtda, po‗latni metallurgik ishlab chiqarish sxemasi ikki bosqichda 
amalga oshiriladi.
● temirni ma‘dan yoki boyitmadan domna pechlarida tiklanishi
● po‗lat quyish agregatlarida C, Si, Mn, P ni oksidlash, oltingugurtdan 
tozalash, ya‘ni Cho‗yan dan kerakli tarkibda po‗lat olish.
Hozirgi vaqtda temirni rudadan bevosita olish texnologiyasi keng 
tarqalmoqda. To‗g‗ridan-to‗g‗ri tiklash qurilmalari asosan quyidagi holatlarda 
quriladi:
1) zarurat bo‗lganda keraksiz qo‗shimchalardan holi bo‗lgan shixta olish va 
undan juda yuqori sifatli po‗lat eritish; 


182 
2) zarurat bo‗lganda yiriklashtirish qiyin bo‗lgan chang ko‗rinishidagi temir 
rudalarini va ishlab chiqarish chiqindilari (kaloshnik changi, changni ushlab 
qoluvchi qurilmalar yordamida yig‗ilgan chang va boshqalar) qayta ishlash; 
3) kichik ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‗lgan domna sexlarini qurish 
iqtisodiy jihatdan rentabel bo‗lmaganligi uchun uncha katta bo‗lmagan zavodlar 
(minizavodlar) qurilishida. Bunday tarkibdagi minizavodlar tarkibiga : 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tiklash qurilmasi, bir-ikkita po‗lat quyish agregati (odatda 
Yoyli elektropechlar), tayyor mahsulotni uzluksiz quyish mashinasi. Bunday 
zavodlarning ishlab chiqarish unumdorligi odatda yiliga 150-250 tonnani 
tashkil qiladi.
Agar Toshkent viloyati Piskent tumani Bekobod shahrida bunday 
elektropechlarni ishlayotganini va Toshkent viloyatining Parkent tumanida 
temir ruda zaxiralari topilganligini hisobga olsak, ushbu ko‗rinishdagi sxema 
ayniqsa bizning respublikamiz uchun juda aktualdir.
4) Yuqori metallashgan mahsulot kukunidan foydalanib to‗g‗ridan to‗g‗ri 
detal va tayyor buyumlar olish. 
Hozirgi vaqtda dunyoda eritilayotgan po‗latning faqatgina 5% ga yaqini 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tiklovchi uskunalarda olinmoqda. Po‗latning asosiy qismi 
an‘anaviy usullarda eritilishi qachongacha davom etishi haqidagi savolni 
yechishda, uzluksiz harakatlanuvchi po‗lat eritish agregatlarini (SAND-
сталеплавильный агрегат непрерывного действия, UXPEA- uzluksiz 
harakatlanuvchi po‗lat eritish agregati) yaratishni, hamda, hozirgi vaqtda 
foydalanilayotgan yuqori samarador, qudratli agregatlarni inobatga olish kerak: 
a) hajmi 4-5 ming m

bo‗lgan domna pechlari; 
b) hajmi 300-350 tonna bo‗lgan konverterlar; 
v) hajmi 250-300 va undan yuqori bo‗lgan yoyli elektrpechlar. 

Download 3,39 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   158




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish