Metallurgiya




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/158
Sana11.12.2023
Hajmi3,39 Mb.
#115552
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158
Bog'liq
pdf (2)

 
 
7.1.2. Domna pechining tuzilishi va yordamchi qurilmalari 
Domna pechining tuzilishi 
Domna pechi 8 - 10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shahta pechi bo‗lib, 
o‗rtacha hajmi 2000 -3000 m

bo‗ladi. Keyingi yillarda katta domnalar ham 
qurilmoqda.
Masalan, 1974 yildan boshlab Krivoy Rog metallurgiya kombinatida hajmi 
5000m
3
li domna ishlamoqda. 1986 yilda Cherepoves metallurgiya kombinatida 
«Severyanka» deb atalgan beshinchi domna ishga tushirildi. Bu domna dunyodagi 
eng yirik pechlardan biri bo‗lib, hajmi 5580m
3
, bo‗yi 100 metrdan ortiq, diametri 
19 m, zamonaviy avtomatik mexanizmlar bilan jihozlangan. Har sutkada unda 
10000 - 12000 t cho‗yan ishlab chiqariladi. 
Pechning koloshnik qismi tagidagi pastga tomon kengayib boradigan kesik 
konusli eng katta qismi 4 shaxta deb ataladi. Bu qism o‗z navbatida silindrik 
shaklli qism 5 bilan tutashgan bo‗lib, u raspar deyiladi. Raspar kesik konusli qism 
6 bilan tutashgan bo‗lib, bu qism zaplechik deb ataladi. Bu qism o‗z navbatida 
silindrik shaklli qism 7 bilan tutashgan bo‗lib, bu qism o‗txona (gorn) deb ataladi. 
O‗txona tubi leshchad deyiladi, u grafit gilli bloklar yoki yuqori sifatli 
shamot g‗ishtlardan ishlanadi. 
Pech metall halqali taglik plitaga, taglik esa beton poydevorga o‗rnatilgan 
bo‗lib, temir ustunlar 11 da turadi. 
O‗txona pechning eng muhim qismidir, chunki unda yoqilg‗i yonadi hamda 
suyuq metall va shlak to‗planadi. 
O‗txonaning eng pastki qismidan koloshnikning eng yuqori qismigacha 
(shahtaning balandligi) bo‗lgan hajmi pechning foydali hajmi deyiladi. 
O‗txonaning yuqori qismida aylana bo‗lib joylashgan bir necha teshiklar 
bo‗lib, ularga maxsus uskunalar - furmalar 8 pech devoridan 150 - 200 mm 
ichkariga chiqarilib o‗rnatiladi va ular orqali pechga yoqilg‗ining yonishi uchun 
qizdirilgan havo 0,25 MPa (2,5 atm) gacha bosimda haydalib turiladi. Furmalar 


186 
soni pechning hajmiga qarab 16 tadan 24 tagacha bo‗ladi. Furmalar mis yoki 
alyuminiy qotishmalaridan yasalgan bo‗lib, ish jarayonida erib ketmasligi uchun 
uning havol devorlari orqali sovuq suv aylantirib turiladi. Furmalarning pastrog‗ida 
shlak, undan pastroqda esa cho‗yan chiqarish novlari 9, 10 o‗rnatilgan. O‗txonada 
yig‗ilayotgan cho‗yan har 2 - 4 soatda, shlak 1 - 1,5 soatda o‗z novlaridan 
kovshlarga chiqarib turiladi. Cho‗yanni pechdan chiqarish maqsadida 50 - 60 mm 
li teshikni ochishda elektr burmashinadan, berkitishda esa utga chidamli 
tiqinlardan foydalaniladi. Metallurgiya kombinatlarida bir vaqtda bir necha 
domnalar ishlaydi. O‗rtacha hisobda 1 t cho‗yan olish uchun 2035 kg temir ruda, 
146 kg marganes ruda, 971 kg koks va 598 kg ohaktosh yuklanib, 3575 kg havo 
haydaladi. Natijda 755 kg shlak, 5217 kg domna gazi va 348 kg koloshnik changi 
ajraladi. 
Domnalarning bir me'yorda ishlashi uchun barcha ishlar maksimal darajada 
mehanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo‗lishi kerak. Bu ishlarni 
bajarishda uning yordamchi qurilmalarining (shixtani yuklash apparatlari, havo 
qizdirgichlar, kompressorlar va boshqalar) roli katta. 
Keyingi yillarda jarayonni boshqarishda elektron hisoblash mashinalaridan 
foydalanish yuqori samara bermoqda.

Download 3,39 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish