187
qizdirgichdagi havo 900 - 1000ºC gacha qizigach, to‗siq 6''' ochilib,
qizdirilgan
havo truba
8 va furmalar
9 orqali domnaga haydaladi. Bu vaqtda o‗ng yondagi
havo qizdirgich
2' yuqorida ko‗rganimizdek qizdirilib boriladi. Shunday qilib,
uning murvak jo‗mraklarini boshqarishi bilan domnani uzluksiz ravishda
qizdirilgan havo bilan ta'minlab turadi. Hajmi 2700 m
3
bo‗lgan domnaning normal
ishlashi uchun 1 sutkada 8 mln. m
3
havo domnaga haydaladi.
Odatda, havo qizdirgich sovuq havoni 1 soat mobaynida
zarur haroratgacha
qizdirib bera oladi. Demak, domnani uzluksiz ravishda qizdirilgan havo bilan
ta'minlab turish uchun ketma - ket ishlovchi 3 ta havo qizdirgich kerak bo‗ladi.
Ba'zan havo qizdirgichlarni tozalash yoki tuzatish zarurligini e'tiborga olib 4 ta
havo qizdirgich o‗rnatiladi.
Yangi domna pechini ishga tushirishdan oldin uning ishga yaroqliligi
tekshirib ko‗riladi. Keyin ichki devorlarini qizdirish uchun pechning o‗txonasida 4
- 5 sutka davomida yoqilgi yoqiladi. Buning uchun pech o‗txonasiga furma
teshiklari
orqali bir oz koks, uning ustiga tarasha o‗tin qalanadi - da, forsunka
alangasida o‗t oldiriladi. Shundan so‗ng yana pechning
koloshnik qismidan koks
kiritilib, pech ishi haroratigacha qizigach, unga ma'lum tartibda koks, temir ruda va
flyus to‗ldirib turiladi. Shu bilan birga pechga qizdirilgan havo 0,2 - 0,3 MPa (2 - 3
atm.) bosimda furmalar orqali haydaladi.
Koks yonayotganda ajralayotgan gazlar yuqoriga ko‗tarilib shixta materiallarini
qizdira boradi. Buning oqibatida
temir oksidlari qaytarilib, uglerodga to‗yinib,
cho‗yan hosil bo‗ladi. Suyuq cho‗yan sirtida esa shlak yig‗ila boshlaydi.
Yoqilg‗ining yonishi. Furma orqali domnaga haydalayotgan qizdirilgan havo
kislorodi koksni yondiradi:
C + O
2
= CO
2
+ Q,
bunda ajralayotgan issiqlik hisobiga qizigan gazlar yuqoriga ko‗tarilib pastga
tushayotganda shixtani qizdira boradi.
Tajriba shuni ko‗rsatadiki, pechning 1000ºC dan yuqoriroq haroratli zonasida
karbonat angidrid cho‗g‗langan koks qatlamlari orasidan o‗tib, uglerod (II) oksid
(is gazi) ga aylanadi.