191
boshlaydi, u o‗txona tomon oqa borib yuqori haroratda qizib koks kulini,
qayrilmay qolgan oksidlar va begona jinslarni o‗zida eritadi.
Shlakda juda oz
miqdorda FeO bo‗ladi.
Temirning qaytarilishi va shlak hosil bo‗lish jarayonlarining ma'lum ketma -
ketlikda kechishi ajraluvchi shlakning kimyoviy tarkibi,
suyuqlanish haroratiga
bog‗liqdir. Masalan, Mn qaytarilib, cho‗yanga o‗tadi. Agar tarkibida Si ko‗proq
bo‗lgan cho‗yan olinadigan bo‗lsa,
aksincha, shlakda ohak miqdori kamroq
bo‗ladi.
Shlakning muhim tavsiflaridan biri asosli va kislotali oksidlarning o‗zaro
nisbatidadir: (CaO + MgO) : (SiO
2
+ Al
2
O
3
) va bu nisbat cho‗yan
ishlab
chiqarishda 0,9 - 1,4 oralig‗ida bo‗lishi lozim.
Nazorat savollari:
1. Temirning qanday tabiiy birikmalarini bilasiz?
2. Cho‗yan olish jarayoni qanday pirometallurgik jarayonlarga asoslangan?
3. Domna pechida qanday tiklovchi moddalar beriladi?
7.2. TEMIR RUDALARINI DOMNA PECHIDA ERITISH
7.2.1. Domna pechining mahsulotlari
Ma'lumki, domna pechining asosiy mahsuloti cho‗yandir. Lekin cho‗yan
olishda u bilan birga shlak, domna gazi va
koloshnik changi ham ajraladi, shu
boisdan ular ham domna pechining mahsulotlari hisoblanadi. Cho‗yanlarni
kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalariga ko‗ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Qayta ishlanadigan cho„yanlar. Bu cho‗yanlarda uglerodning hammasi
yoki ko‗proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe
3
C) holida
qolgani grafit tarzida bo‗ladi, shuning uchun ham bu cho‗yanlar
juda qattiq va
mo‗rtdir. Sanoatda bu cho‗yanlardan po‗lat olinganligi sababli ular qayta
ishlanadigan cho‗yanlar deyiladi. Bu cho‗yanlarning
siniq yuzalari oq tusda
bo‗lganligidan oq cho‗yanlar deb ham ataladi.
Domna pechlarida ishlab chiqariladigan cho‗yanlarning 70 - 80% ni qayta
ishlanadigan cho‗yanlar tashkil qiladi.