• Koloshnik changi.
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Domna shlaki. Shlakdan shlak shaxtasi, g‗isht, sement, shlak bloklari va 
    boshqa materiallar olishda foydalaniladi. 
    Domna gazi. Domnalardan ajralayotgan gazlarga domna gazi deyiladi. 
    O‗rtacha 1 t cho‗yan olishda 3000 m
    3
    gacha domna gazi ajraladi. Bu gaz tarkibida 
    26 - 32% CO, 2 – 4% H
    2
    , 0,2 – 0,4% CH
    4
    , 8 - 10% CO
    2
    va 56 - 63% N
    2
    ,bo‗ladi. 
    Domna gazining tarkibida ko‗pgina yonuvchi gazlar (CO, H
    2
    , CH
    4
    ) ning 
    borligi sababli tozalangach, ulardan havo qizdirgichlarda, bug‗ qozonlarida va 
    boshqa joylarda yoqilgi sifatida keng foydalaniladi. 
    Koloshnik changi. Domna gazlariga qo‗shilib chiqadigan shixta 
    materiallarining changi koloshnik changi deyiladi. Bu chang tarkibida 40 - 50% 
    gacha temir bo‗ladi. Domna gazlari maxsus gaz tozalash apparatlaridan o‗tkazilib, 
    yig‗ilgan chang aglomerat tayyorlovchi mashinalarda aglomeratga aylantiriladi. 
    Odatda, turli vaqtda eritilgan har xil tarkibli cho‗yanlar mikser deb ataluvchi 
    katta hajmli 600 - 2500 t idishlarga quyiladi, unda ular o‗zaro aralashib, natijada 
    cho‗yanning kimyoviy tarkibi tekislanadi, metalldagi oltingugurtning bir qismi esa 
    shlakka o‗tadi. 
    Qayta ishlanadigan cho‗yanlarning bir qismi mashinasozlik zavodlariga 
    «chushka» deb ataluvchi quymalar (og‗irligi 45 - 50 kg) tarzida yuboriladi. 
    Domna sehlari uzluksiz ishlovchi quyish mashinalari bilan jihozlangan bo‗ladi.


    194 
     
    27-rasm. Suyuq cho„yandan quyma metallar olish jarayoni 
    27-rasmda cho‗yan quyish mashinasining sxemasi keltirilgan. Kovshdan 
    cho‗yan mashina transportyoriga o‗rnatilgan metall qolipga quyiladi. Bu qolipdagi 
    metall transportyor lentaning o‗ng tomonga harakatlanishi davomida qota borib
    uning ikkinchi uchastkasiga kelganda to‗la qotadi, quyma vagonga ortiladi. 
    Metallni qolipga quyishdan avval uni qolipga tez sovishini va yopishib 
    qolmasligini ta'minlash maqsadida qolip yuziga maxsus apparat yordamida ohak 
    suvi purkab turiladi.
    11-jadvalda koksda ishlovchi domna pechlaridan olingan cho‗yanlarning 
    turlari va ularning kimyoviy tarkibi keltirilgan. 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish