Marten pechlar ishining texnik - iqtisodiy ko„rsatkichlari va ularni




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/158
Sana11.12.2023
Hajmi3,39 Mb.
#115552
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158
Bog'liq
pdf (2)

Marten pechlar ishining texnik - iqtisodiy ko„rsatkichlari va ularni 
oshirish yo„llari. Marten pechlarining ish unumi pech tagligining har bir kvadrat 
metr yuzasidan bir sutkada olingan po‗lat va uni olishga sarflangan shartli yoqilg‗i 
miqdori bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda pech tubining har bir m
2
yuzasidan bir 
sutkada o‗rtacha 8 - 12 t gacha olinib, har bir tonna po‗lat uchun 80 - 100 kg gacha 
shartli yoqilg‗i sarflanadi. Marten pechlarida har xil tarkibli shixta materiallaridan 
turli markali uglerodli, kam va o‗rtacha legirlangan po‗latlar olinishi uning 
afzalligi, jarayonni uzoq vaqt davom etishi (8 - 10 soat) va yoqilg‗ining ko‗p 
sarflanishi esa kamchiligi hisoblanadi. 
Pechlarning ish unumini oshirish maqsadida shixta materiallarni 
suyultirishga 
yaxshilab 
tayyorlash, 
ularni 
pechga 
yuklashni 
mexanizatsiyalashtirish, jarayonini avtomatik boshqarish, ayniqsa tabiiy gaz va 
kisloroddan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Tajribalar shuni ko‗rsatadiki, 
pechga haydalayotgan havoning 30% kislorodga to‗yintirilsa, jarayonning 
tezlashishi hisobiga ish unumi 20% ga ortib, yoqilg‗i sarfi 10 - 15% ga kamayadi. 
Keyingi yillarda yuqori sifatli arzonroq po‗latlar olishda kombinirlangan
ya'ni avval po‗lat asosli pechda olinib, keyin esa uni kislotali pechda qayta ishlash 
usullarini qo‗llash yaxshi samara bermoqda. 
Ikki vannali Marten pechlarida po„lat ishalb chiqarish. Kuzatishlar shuni 
ko‗rsatadiki, odatda marten pechlarining ish bo‗shlig‗ida ajralayotgan issiqlikning 


208 
20 - 25% igina shixta materiallari va shlakni qizdirishga sarflanadi. (~50 - 55% 
pech gazlari bilan, 20 - 25% esa suv bilan sovutiluvchi o‗tga chidamli g‗ishtdan 
terilgan devorlarga o‗tadi). Shu boisdan, issiqlikdan to‗laroq foydalanish yo‗lidagi 
izlanishlar ikki vannali pechlarning yaratilishiga olib keldi. 

Download 3,39 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marten pechlar ishining texnik - iqtisodiy ko„rsatkichlari va ularni

Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish