Pechning tuzilishi. Pechning ish bo‗shlig‗ini suv bilan sovitib turiladigan
o‗tga chidamli to‗siq 7 bilan A va B qismlarga ajratiladi. Pech shipi esa ajraladigan
qilinib, ularning har biri o‗z yuklash darchalariga, po‗lat va shlak chiqarish
novlariga ega. Jarayonda ajralayotgan gaz esa mo‗ri 6 orqali chiqib ketadi.
Pechning ishlashi.pechning o‗ng yog‗idagi B qismiga yuklangan shixta
materiallar qizdirilayotgan vaqtda chap yoqdagi A vannadagi suyuq metall sathiga
o‗z furmalari 2 orqali kislorod haydab turiladi, bunda ajralayotgan gaz B vannaga
yo‗naltiriladi va u yerda kislorod (II) – oksidi (CO) to‗la yonadi. natijada vanna
harorati ko‗tarilib undagi shixta materiallar shiddatli qiziy boshlaydi. A vannadagi
metall kutilgan tarkibga kelganda po‗lat va shlak o‗z novidan kovshga chiqarila
boshlaydi. so‗ngra qattiq shixta materiallar yuklanadi. Ayni vaqtda qizib turgan B
vannaga qayta ishlanuvchi cho‗yan quyiladi – da suv bilan sovitib turiladigan o‗z
furmasidan kislorod haydaladi. Ajraluvchi gaz endi A vannaga yo‗naltiriladi.
jarayon shu yo‗sinda davom etadi. Natijada issiqlikdan to‗laroq foydalaniladi.
Mamlakatimizda 1965-yildan boshlab ikki vannali pechlardan (Magnitogorsk,
Cherepovesk va boshqa metallurgiya kombinatlarida) foydalanilmoqda.
Gaz yo‗nalishi maxsus moslama (shiber) lar yordamida o‗zgartiriladi. Agar
shixtada 50% dan ortiq suyuq cho‗yan bo‗lsa, yoqilg‗i sarflamay jarayonni olib
boorish mumkin, bunda jarayon kislorod konvertorlarda kechuvchi jarayonlar kabi,
ammo ulardan sustroq kechadi. Konstruksiyaning oddiyligi, ish unumining bir
vannali pechlarga qaraganda 1,5 – 2 marta ortiqligi, yoqilg‗ining 4 – 6 marta kam
sarflanishi tufayli bu pechlardan keng foydalaniladi.