• Po„latlarni skrap – rudali usulda ishlab chiqarish.
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Pechni ishga tushirish. Pech bo‗shlig‗iga shixta materiallari ma'lum 
    tartibda yuklangandan keyin uning kanallaridagi gorelkalarga bosim ostida 
    kizdirilgan yonuvchi gaz va havo yuborilib kamerada yondiriladi. Yonish 
    mahsulotlari o‗z yo‗lida shixta materiallarini qizdira borib, qarama - qarshi 
    tomondagi kallaklari kanallari orqali sovuq regeneratorlarning katak - katak 
    kanallaridan o‗tib pech devorlarini qizdirib mo‗riga yoki bug‗ qozonlariga 
    chiqariladi. 
    Chap tomondagi 1250 – 1280
    o
    C qizigan regeneratorlarga sovuq gaz va havo 
    haydaladi, ular qizigan regeneratorlarning vertikal kanallaridan o‗ta borib, 800 – 
    900
    o
    C haroratgacha qiziydi, keyin u yerdan o‗z kallaklari orqali pech kamerasiga 
    o‗tib yonadi. Yonayotgan gaz va havo oqimi shixtani qizdira borib, qarama - qarshi 
    tomondagi kallaklar orqali sovigan juft regeneratorlarga o‗tib ularni ham qizdiradi. 
    Gaz va havo oqimining harakat yo‗nalishi klapanlar 13 orqali har 20 - 25 minutda 
    avtomatik ravishda boshqariladi. Agar marten pechlarida suyuq yoqilg‗i (mazut) da 
    ishlatilsa, faqat havoni qizdirish regeneratorigina o‗rnatilgan bo‗ladi. 
    Asosli marten pechlarida shixta tarkibiga ko‗ra po‗latlarni skrap - rudali va 
    skrap usullarda olinadi. 
    Po„latlarni skrap – rudali usulda ishlab chiqarish. Bu usuldan domna 
    pechlari bo‗lgan po‗lat ishlab chiqaruvchi metallurgiya zavodlarida foydalaniladi, 
    chunki bunda shixtaning 60 - 75% temir - tersak (skrap) chiqindilardan, qolgani 
    suyuq cho‗yandan iborat bo‗ladi. Flyus sifatida esa ohaktoshdan foydalaniladi. 
    Bu usulda ishlovchi pechni ishga tushirishdan avval uning ish 
    qismining ishga yaroqliligi kuzatiladi. Basharti avvalgi ishlovlarda yorilgan
    yemirilgan joylari bo‗lsa, ular maxsus mashina yordamida magnezit yoki dolomit 
    kukunlari bilan qoplanadi. Keyin pechning shlak va po‗lat chiqaradigan teshigi 
    o‗tga chidamli tiqin bilan berkitiladi. Jarayon quyidagicha kechadi: pechga shixta 


    205 
    materiallar yuklanadi. Bunda yuklash mashinasi yordamida ma'lum miqdorda 
    temir ruda, ohaktosh, keyin metall chiqindi, mul‘da deb ataluvchi metall yashikda 
    pechning old devoridagi yuklash darchasi orqali solinadi. 
    Ular obdon qizigach pechga qayta ishlanuvchi cho‗yan quyiladi. Suyuq 
    cho‗yan tarkibidagi Si, P, Mn, va qisman S lar temir ruda kislorodi bilan 
    oksidlanadi, hamda bu oksidlar ohak bilan o‗zaro birikib shlak ajrala boshlaydi. 
    Metalldagi S ni shlakka o‗tkazish uchun shlak pechdan chiqarilgach pechga 
    ma'lum miqdorda boksit ko‗shilgan ohaktosh kiritiladi. Bu sharoitda yuqorida 
    ko‗rilgan reaksiya bo‗yicha metalldagi S shlakka o‗tadi. Jarayon ohirida vaqti - 
    vaqti bilan namunalar olib, uning tarkibi va hossalari ekspress laboratoriyada 
    kuzatib boriladi. Kutilgan tarkibga kelgach, pechga qaytaruvchilar kiritilib, so‗ngra 
    nov teshigi ochilib u kovshga chiqariladi. Bu variantda faqat sifati pastrok 
    uglerodli po‗latlar olinadi. Lekin temirning temir rudadan qaytarilishi hisobiga 
    po‗lat miqdori bir oz ortadi. 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish